Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmitalar va komissiyalar masalalarni tayyorlash hamda ularni puxta ishlab chiqish uchun ishchi guruhlari tuzishga haqlidirlar. Ishchi guruhlari tarkibiga Oliy Majlis deputatlari bilan birga vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining, idoralarning, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalarining, ilmiy muassasalarning vakillari, olimlar, mutaxassislar kirishi mumkin. Qoʻmitalar va komissiyalar qoʻshma ishchi guruhlari tuzishlari ham mumkin. Ishchi guruhlari tarkibida ishlash davrida mutaxassislar va olimlarning asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib qoladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-238699
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-238705/16 (lex.uz/docs/-238699)