“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-370-son) · Sana: 06.05.2014 · Amalda
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning taʼsis etilishi chogʻida toʻliq toʻlab boʻlinguniga qadar;
agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik belgilari mavjud boʻlsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga hamda dividendlar toʻlashga haqli emas.
Ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlashi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2382409
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 54-modda. Dividendlarni toʻlashga doir cheklovlar “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-370-son). neolex.uz/uz/laws/law-2382411/54 (lex.uz/docs/-2382409)