“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-370-son) · Sana: 06.05.2014 · Amalda
Qimmatli qogʻozning bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga koʻra mazkur qimmatli qogʻoz ochiq bozorda bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Agar qimmatli qogʻozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati deb eʼtirof etiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2382409
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 24-modda. Qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-370-son). neolex.uz/uz/laws/law-2382411/24 (lex.uz/docs/-2382409)