Davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (111-son)
02.05.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
1-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi obyektlarni operativ boshqaruv huquqi asosida davlat organlariga begʻaraz oʻtkazish;
2-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan belgilanadigan qiymat boʻyicha ochiq savdoda sotish.
2. Davlat raqobat qoʻmitasi bir oy muddatda:
mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymat boʻyicha tegishli davlat organlariga topshirish, davlat organlari tomonidan ularni qabul qilish va ularning kelajakda saqlanishi hamda samarali foydalanilishini taʼminlasin.
ushbu qarorning 2-ilovasida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2014-yil 28-martdagi 75-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni belgilangan tartibda baholash va baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxda ochiq savdoga qoʻyilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-may,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladigan obyektlar
ROʻYXATI
1) Aniqlanishi lozim.
2) Qurilishning yakunlanishi, muhandislik tarmoqlariga va kommunikatsiyalarga ulanishi, mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan umumiy foydalanish joylari va unga tutash hududlarni obodonlashtirish sharti bilan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga 2-ILOVA
Ochiq savdoda sotilayotgan obyektlar
ROʻYXATI 1
1) Sotilgunga qadar obyektlar davlat mulki uchun belgilangan stavkalarda, shu jumladan, ilgari 2014-yil uchun tegishli ijara shartnomalariga ega boʻlgan tashkilotlarga — foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish haqida eʼlonlarni davriy nashrlarda, shuningdek, Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi veb-sahifalarida majburiy eʼlon qilishsiz ijaraga berilishi mumkin.
2) Aniqlanishi lozim.
3) Obyektlar funksional maqsadiga qarab qismlarga boʻlib sotilishi mumkin.
