20-modda. Soʻrovga qoʻyiladigan talablar
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida (O‘RQ-369-son) · Sana: 05.05.2014 · Amalda
Jismoniy shaxsning soʻrovida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va soʻrovning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak. Yuridik shaxsning soʻrovida yuridik shaxsning toʻliq firma nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, soʻrovning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Yozma soʻrovlar axborotdan foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Soʻrovni shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, u qoʻshimcha ravishda tuzuvchining ham familiyasi, ismi, otasining ismi qoʻyilgan holda uning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilmagan soʻrov anonim hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
Soʻrov unda qoʻyilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim etish vakolatiga kiradigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Belgilangan tartibda yuborilgan soʻrov koʻrib chiqilishi shart.
