Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarori) (104-son)
25.04.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 18-avgustdagi 400-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-aprel,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 5-noyabrdagi 296-son qaroriga ilovaning “Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimidagi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi” soʻzlari “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
