Teri xom ashyosini respublikadan olib chiqib ketishni taqiqlash toʻgʻrisida (PF-1023-son)
20.12.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika korxonalarini teri xomashyosi bilan taʼminlash maqsadida:
1. Eksport qilish (jumladan MDH mamlakatlariga olib chiqib ketish) taqiqlangan, 1994-yil 21-yanvardagi 745-son Farmon bilan tasdiqlangan (6-ilova) buyumlar va mahsulotlar Roʻyxatiga “Teri xomashyosi (nostandartidan tashqari)” mahsulot turi kiritilsin.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzistiqbolstat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mazkur tartibga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qarorining 1-ilovasidagi 10-band ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-dekabr,
PF-1023-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-dekabrdagi PF-1023-son Farmoniga ILOVA
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar boʻyicha belgilangan kvotalar hajmida eksport qilinadigan mollar
ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 45-modda)
