Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2574-son)
09.04.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2574]
Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 255-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq buyuraman:
1. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-mart,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 10-martdagi 56-son buyrugʻiga ILOVA
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash;
naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urugʻi va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urugʻi;
naslchilik ishlari boʻyicha zootexnik (bonityor) — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish boʻyicha maxsus bilimga ega boʻlgan mutaxassis;
naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xoʻjaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — naslli mahsulot egalari;
klass — qishloq xoʻjaligi hayvonlarini baholash natijasi bilan belgilanadigan toifa;
laktatsiya davri — qishloq xoʻjaligi hayvonlarining sut berish davri;
servis davri — qishloq xoʻjaligi hayvoni tuqqan davrdan toʻliq qochgan davrgacha boʻlgan muddat;
eksteryer — hayvonning tashqi tana tuzilishi.
2. Bonitirovka qishloq xoʻjaligi hayvonlarining nasl va mahsuldorlik sifatlarini baholab, ulardan kelgusida naslchilik ishlarida foydalanish maqsadida oʻtkaziladi.
3. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi naslchilik ishlari boʻyicha zootexnik (bonityor) tomonidan oʻtkaziladi. Agar naslchilik subyektida naslchilik ishlari boʻyicha zootexnik (bonityor) boʻlmasa, ushbu mutaxassis shartnoma asosida chetdan jalb qilinishi mumkin.
4. Naslchilik subyektlaridagi naslli mahsulotlar (materiallar) har yili bonitirovkadan oʻtkaziladi. Bunda oʻtgan yilning 1-oktabr kunidan joriy yilning 30-sentabr kunigacha boʻlgan vaqt bonitirovka oʻtkazish davri hisoblanadi.
Naslchilik subyekti oʻz ixtiyoriga asosan naslli mahsulot (material) bonitirovkasini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bir yil davomida takroran oʻtkazishga haqli.
5. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi har bir nasldor hayvon turi boʻyicha alohida-alohida oʻtkaziladi.
2-bob. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
6. Naslchilik subyektlari tomonidan har yili kelgusi yil uchun naslli mahsulot (material) bonitirovkasini amalga oshirish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Bunda chetdan jalb qilinadigan mutaxassis naslli mahsulot (material) bonitirovkasini amalga oshirish rejasi bilan oldindan tanishtirilishi kerak.
7. Naslchilik subyektlarining murojaatiga asosan, hududiy chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari naslli mahsulot (material) bonitirovkasini amalga oshirish rejasini ishlab chiqishda va chetdan mutaxassis jalb qilishda naslchilik subyektlariga koʻmaklashadilar.
8. Naslchilik subyektlari naslli mahsulot (material) bonitirovkasini amalga oshirish uchun zarur axborotga, xususan, nasldor hayvonning kelib chiqishi, mahsuldorligi va boshqa sifatlarini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishlari, shuningdek naslchilik sohasidagi yangiliklarni muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilib borishlari kerak.
3-bob. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish
9. Bonitirovka oʻtkazishda qishloq xoʻjaligi hayvonlarining eksteryeri, gavda tuzilishi, rivojlanishi, mahsuldorligi, kelib chiqishi, avlod-ajdodlarining nasl va mahsuldorlik sifatlari kabi belgilari baholanadi.
10. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazishda naslning genetik kelib chiqishi (genotipi) hisobga olinadi.
11. Naslchilik subyekti rahbari naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlashi zarur.
12. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazishda naslchilik ishlari boʻyicha zootexnik (bonityor) quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:
bonitirovka ishlarining aniq, toʻliq va sifatli oʻtkazish;
naslli mahsulot (material) klasslarini aniqlash va ularni guruhlarga ajratish;
bonitirovka natijasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash;
bonitirovka natijasi boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni naslchilik subyekti rahbariga topshirish.
13. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazishda qoramollar mazkur Nizomning 1 — 12-ilovalarida, qoʻylar 13 — 21-ilovalarida, echkilar 22 — 24-ilovalarida, otlar 25 — 36a-ilovalarida, parrandalar 37 — 46-ilovalarida, asalarilar 47 — 49-ilovalarida, quyonlar 50 — 57-ilovalarida, baliqlar 58 — 61-ilovalarida, ipak qurtlari 62 — 66-ilovalarida belgilangan shartlar boʻyicha baholanadi.
14. Mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi tegishli naslli mahsulot (material) zotiga qoʻyilgan minimal talablar asosida oʻtkaziladi.
15. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar naslchilik subyekti tomonidan moliyalashtiriladi.
16. Naslchilik subyektida oʻtkazilgan naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish yakuni boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi.
17. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi natijalari boʻyicha maʼlumotnomadan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalaniladi.
4-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Zotlar boʻyicha sut yoʻnalishidagi sigirlarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
(I, II, III va undan keyingi laktatsiya davrlari boʻyicha hisoblanadi)
Zoti 305 kunlik laktatsiya davrida sogʻilgan sut, kg Sut tarkibidagi yogʻ va oqsil, % 305 kunlik laktatsiya davrida sogʻilgan sut tarkibidagi yogʻ miqdori, kg 305 kunlik laktatsiya davrida sogʻilgan sut oqsil miqdori, kg I II III va undan ortiq yogʻ oqsil I II III va undan ortiq I II III va undan ortiq Qora-ola 3500 3800 4200 3,6 3,2 126 137 151 112 121 134 Golshtin 4100 4500 5000 3,6 3,2 147 162 180 131 144 160 Qizil choʻl 3100 3500 3800 3,7 3,3 115 130 141 102 115 125 Shvits 3000 3300 3500 3,8 3,4 114 125 133 102 112 119 Bushuyev 2700 2900 3100 4.0 3.5 108 116 124 95 101 108
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Buqacha va naslli buqalarni eksteryeri boʻyicha baholash
jadvali
T/r BAHOLASH KOʻRSATKICHLARI Eng yuqori ball Umumiy baholashdagi ulushi 1. Umumiy koʻrinishi (rivojlanishi) 100 0,25 Tana tuzilishi garmonik, mutanosib Zot tipiga xos yaxshi koʻrinishga va jinsiy dimorfizmga ega Turishi tetik, tanasining barcha qismlari nuqsonsiz Suyaklari mustahkam, dagʻal emas, boshi va oyoqlari yengil Son va yagʻrinida ortiqcha goʻsht qoplami yoʻq 2. Tanasining hajmi 100 0,20 Balandligi yetarlicha Tanasining oʻrta qismi chuqur va uzun, ammo keng emas, qovurgʻalari uzun, ular egri holatda pastga va orqaga yoʻnalgan, kuragi uzun egri holatda, pastga va oldinga yoʻnalgan 3. Sut belgilari 100 0,20 Tanasi burchaksimon, boʻshlik va dagʻallik belgilari yoʻq Boshi quruq, koʻzlari chaqnagan va quloqlari harakatchan Boʻyni yetarlicha uzunlikda, oʻrtacha yollarga ega va ovqatni oshqozonga oʻtish yoʻli aniq koʻrinadi Yagʻrini yaxshi ifodalangan, keng emas Orqa qismi tekis Qovurgʻalari keng va keng joylashgan Kuragi koʻkrak qafasiga zich birikkan Och biqini chuqur, aniq ifodalangan Terisi yupqa, mayin, serharakat Jun qoplami mayin va silliq 4. Tanasining orqa qismi 100 0,15 Beli tekis, tor va keng Sagʻri uzun, keng, biroz orqaga egilgan Tos-son birikmalari, orqa doʻng suyak eni balandligi darajasidan biroz pastda, lekin oʻtirgʻich tepaligidan yuqorida joylashgan Dumi uzun va ingichka, uning ildizi orqa doʻng suyak eni darajasida joylashgan Urugʻdonlari yaxshi rivojlangan 5. Oyoqlarining sifati 100 0,20 Oyoqlari mustahkam, ingichka va dagʻal emas Sakrash boʻgʻinlari yaxshi ifodalangan, quruq Tuyoqlarning oldingi devorlari 45° burchakda egilgan, old devorlari baland, tovoni tekis Jami: 100 1,00
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Zotlar boʻyicha yosh buqachalar va nasldor buqalarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
(yoshi boʻyicha hisoblanadi)
Zoti Tirik vazni (kg) 10 oy 11 oy 12 oy 13 oy 14 oy 15 oy 16 oy 17 oy 18 oy 24 oy 3 yosh 4 yosh 5 va undan yuqori yosh Qora-ola 280 305 330 355 380 405 430 455 480 575 730 820 880 Golshtin 290 315 340 365 390 415 440 465 490 585 750 840 900 Qizil choʻl 260 280 300 325 350 375 400 425 445 525 650 730 800 Shvits 290 315 340 365 390 415 440 465 490 585 740 830 900 Bushuyev 225 245 260 280 300 320 335 355 375 450 610 670 750
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Sigirlarni ekteryeri boʻyicha baholash
jadvali
T/r Baholash koʻrsatkichlari Eng yuqori baho (ball) Umumiy bahodagi salmogʻi 1. Tanasining hajmi 100 0,10 Tanasining oʻrta qismi sigirning balandligiga nisbatan uzunroq, uning hajmi, mustahkamligi va kuchi koʻzga tashlanadi Kuragi uzun va chuqur, koʻkrak qafasi va yagʻringa nisbatan tekis joylashgan Koʻkrak qafasi chuqur va keng, uning oldingi qovurgʻalari boʻrtib chiqqan Koʻkrak asosi keng va oyoqlariga nisbatan yetarli masofada Koʻkrak hajmi katta va toʻliq Orqa qismi kuchli va toʻgʻri Beli keng va tekis Oʻrta qismi bochkasimon shaklda Qovurgʻalari uzun, chuqur va keng Sagʻri uzun va keng Orqa doʻng suyaklari keng va yaqqol ifodalangan Oʻtirgʻich suyaklari va doʻngi keng joylashgan Tos-son birikmalari orqa doʻng suyak eni va oʻtirgʻich doʻngi markazidan baland va keng joylashgan 2. Sut tipining ifodalanganligi 100 0,15 Tanasining shakli burchaksimon, unda boʻshliq va dagʻallik belgilari yoʻq Boshi quruq, koʻzlari katta va chaqnagan, quloqlari serharakat Boʻyni uzun va ingichka Yagʻrini yaxshi ifodalangan Umurtqalari quruq va yaqqol ifodalangan Qovurgʻalari qayishgan, yassi, uzun, egilgan va keng joylashgan Och biqini chuqur va aniq ifodalangan Orqa doʻng suyak eni va oʻtirgʻich doʻngi keng joylashgan, quruq Orqa sonlari birmuncha keng qoʻyilgan va birikishida yelin uchun yetarli boʻshliq mavjud Oyoq suyaklari tekis, mustahkam, dagʻal emas Yelini hajmdor, kosasimon shaklda, tanaga mustahkam joylashgan, sogʻilgandan keyin yaxshi boʻshab qoladi Terisi boʻsh, mayin, serharakat Jun qoplami mayin, yaltiroq 3. Oyoqlarining sifati 100 0,15 Tuyoqlari qisqa, dumaloqsimon, ularning orqa devori chuqur, tovoni tekis, baqaylari kuchli, oʻrtacha uzunlikda Oldingi oyoqlari toʻgʻri va keng joylashgan, tuyoqlari tiq Orqa oyoqlari perpendikulyar shaklda, yonidan qaralganda sakrash boʻgʻinigacha toʻgʻri qoʻyilgan va orqasidan qaralganda keng joylashgan Sakrash boʻgʻinlari aniq ifodalangan, yaxshi shaklda, dagʻal emas, quruq. Suyaklari tekis, kuchli, mustahkam, paylari yaxshi seziladi 4. Yelinining sifati 100 0,40 Yelini simmetrik, uzun, keng va chuqur, yon tomonidan qismlarga ajralganligi koʻzga tashlanadi, tanasiga nisbatan gorizontal holatda joylashgan Yelinining markaziy qismi tanasi bilan yaxshi bogʻlangan, kuchli rivojlangan, yelin sakrash boʻgʻimlaridan yuqorida qulay joylashgan Yelin tuzilishi yumshoq, elastik, sogʻib boʻlingandan keyin darrov boʻsh holatga keladi Yelinning oldingi qismlari mustahkam, uzun, keng va tanaga tekis joylashgan Yelinning orqa qismlari tanaga zich birikkan, ular chuqur va keng, sakrash boʻgʻimlaridan yuqorida va oldingi qismlari bilan bir xil darajada joylashgan Soʻrgʻichlar bir xil oʻlchamda, oʻrtacha uzunlikda va diametrda, silindrsimon shaklda, bir-biridan oʻrtacha masofada joylashgan Sut venalari uzun, shoxlangan shaklda koʻzga tashlanadi 5. Umumiy koʻrinishi (zot tipiga xosligi inobatga olinadi) 100 0,20 Muskullari yaxshi rivojlangan, ona mollarga xos kuchli Boʻyi baland, oyoqlari oʻrtacha, tanasi choʻziq Boshi nisbatan quruq, tanasiga mutanosib, burun oynasi keng va teshiklari yirik, jagʻlari mustahkam, koʻzlari katta, peshonasi doʻng va keng, quloqlari oʻrtacha va serharakat Boʻyni uzun va nisbatan ingichka, tomoqlari va koʻkrak osti qismi yaxshi ifodalangan Tanasining oldingi qismi — gavda tuzilishi mustahkam va sut mahsuldorlik yoʻnalishidagi zotlarga xos Yagʻrini yaxshi ifodalangan, oʻtkir koʻrinishda, umurtqa asosi kuragiga birikkan Kuraklari zich birikkan va koʻkrak qismiga bir tekis joylashgan Koʻkragi chuqur va keng, umurtqalari aniq ifodalangan Qovurgʻalari keng joylashgan, suyaklari keng, yassi, uzun. Och biqinidagi chuqurlik aniq ifodalangan Orqa qismi tekis, beli keng va tekis Sagʻri uzun, keng va tekis Orqa doʻng suyak eni keng, koʻzga yaxshi tashlanadi, boʻrtib chiqmagan Oʻtirgʻich doʻngi keng, quruq, yogʻ va goʻsht toʻqimalari toʻplanmagan Tos-son birikmalari orqa doʻng suyak eni markazida baland va keng joylashgan. Sonlari keng joylashgan va ular yelin uchun yetarli boʻshliqni taʼminlaydi Dumining negizi orqa chizigʻi bilan bir xil darajada joylashgan, dagʻal emas. Dumi ingichka Oldingi oyoqlari oʻrtacha uzunlikda, tik holatda va keng qoʻyilgan Orqa oyoqlari yon tomonidan qaralganda perpendikulyar va orqadan qaralganda tik holatda koʻrinadi Sakrash boʻgʻinlari aniq ifodalangan, dagʻal emas, quruq Tuyoqchalari mustahkam, oʻrtacha uzunlikda Tuyoqlari qisqa va dumaloqsimon, ularning orqa devori baland va tovoni tekis Yelini hajmdor, mustahkam birikkan, kosasimon shaklda, soʻrgʻichlar oraligʻidagi masofa oʻrtacha, tik joylashgan, yelin sogʻilgandan keyin yaxshi boʻshab qoladi Terisi erkin, yupqa va harakatchan. Jun qoplami mayin, yaltiroq Jami: 100 1,00
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Podani toʻldiruvchi buzoqlar, gʻunajinlar va sigirlarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Zoti Tirik vazni (kg) 10 oy 11 oy 12 oy 13 oy 14 oy 15 oy 16 oy 17 oy 18 oy 24 oy 1-tugʻish 2-tugʻish 3 va keyingi tugʻish Qora-ola 250 270 290 310 330 345 360 375 390 440 490 530 560 Golshtin 260 280 300 320 340 355 370 385 400 450 500 540 580 Qizil choʻl 220 240 260 280 300 315 330 345 360 380 405 440 470 Shvits 235 245 270 290 310 325 345 365 380 405 425 455 480 Bushuyev 190 200 215 225 240 255 270 285 300 360 380 420 450
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Sut va sut-goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zotlarining eksteryerini baholashda qayd etiladigan nuqson va kamchiliklar
Umumiy rivojlanganligi va tana qismlari Kamchiliklar Umumiy koʻrinishi Yetarli rivojlanmagan, suyaklari dagʻal yoki oʻta oʻsgan, nozik, muskullari boʻsh yoki boʻsh rivojlangan, tana tuzilishi nomutanosib va zot tipi talablariga javob bermaydi Boshi va boʻyni Boshi tanasiga nomutanosib, ogʻir yoki oʻta oʻsgan, sigirlarda buqasimon va buqalarda sigirlarga xos koʻrinishda, boʻyni tor, dagʻal, muskullari rivojlanmagan Koʻkragi Tor, chuqur emas, qovurgʻalari bir-biriga yaqin joylashgan, qovurgʻa suyaklari tor va qisqa, oxirgi qovurgʻasidagi teri qalin Yagʻrini, orqa qismi va beli Yagʻrini oʻtkir yoki boʻlingan, orqa qismi tor, qisqa, osilgan yoki bukri, beli tor va osilgan Tanasining oʻrta qismi, orqasi Sigir va nasldor buqalarda tanasining oʻrta qismi yaxshi rivojlanmagan, qisqa, osilgan va tor. Buqalarda qorni osilgan Oyoqlari Oldingi oyoqlari poycha qismiga kelganda, bir-biriga yaqinlashgan yoki yon tomonga qochgan, orqa oyoqlari filoyoqsimon, dumaloq, “X” simon yoki qilichsimon shaklni eslatadi Tuyoqlari Tor, yassi, tuyoq shoxlari boʻsh
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Podani toʻldiruvchi buzoq va gʻunajinlarni eksteryeri boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Qoramollarning tana tuzilishi boʻyicha klassifikatsiyasini aniqlash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Yosh buqachalar va sinovdagi nasldor buqalarni baholash
jadvali
T/r Belgilar Balllar 1. Eksteryeri, jami 30 Oʻta aʼlo (90 va undan yuqori ball) 30 Aʼlo (85 — 89 ball) 25 Ijobiy yaxshi (80 — 84 ball) 20 Yaxshi (75 — 79 ball) 15 Qoniqarli (65 — 74 ball) 10 2. Tirik vazni, jami 10 Minimal koʻrsatkichga muvofiq 10 Minimal koʻrsatkichning 95 — 99% ini tashkil etadi 5 3. Nasldor buqa onasining nasl qiymati, jami 20 Onasining laktatsiya davridagi eng yuqori sut mahsuldorligi, jami 20 Sut mahsuldorligi minimal koʻrsatkichlardan 150% boshlab yuqori boʻlganda, har 10% ga 1 balldan, lekin 10 balldan koʻp boʻlmagan ball beriladi 10 Sutdagi yogʻ miqdori minimal koʻrsatkichlardan har 0,1% ortganda, 1 balldan, lekin jami 4 balldan koʻp boʻlmagan ball beriladi 4 Sutdagi oqsil minimal koʻrsatkichlardan har 0,05% ortib borganda, 1 balldan, lekin 6 balldan koʻp boʻlmagan ball beriladi 6 4. Nasldor buqa otasining nasl qiymati, jami 40 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 20% nasldor buqalar safiga kiradi 40 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 40% nasldor buqalar safiga kiradi 30 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 60% nasldor buqalar safiga kiradi 20 Nasldor buqaning otasi elita-rekord, elita klassi yoki avlodlarining nasl sifati boʻyicha baholashga qoʻyilgan 10 Jami: 100
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Nasldor buqalarni avlodlarining nasl sifati boʻyicha baholash
jadvali
T/r Belgilari Ball 1. Qizlarining eksteryeri, jami 30 Oʻta aʼlo (90 va undan yuqori ball) 30 Aʼlo (85 — 89 ball) 25 Ijobiy yaxshi (80 — 84 ball) 20 Yaxshi (75 — 79 ball) 15 Qoniqarli (65 — 74 ball) 10 2. Nasldor buqaning nasl qiymati 70 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 20% nasldor buqalar safiga kiradi 70 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 40% nasldor buqalar safiga kiradi 60 Nasldor buqaning otasi avlodlarining suti tarkibidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha eng yaxshi 60% nasldor buqalar safiga kiradi 50 Buqa avlodlarining sutidagi yogʻ va oqsil miqdori boʻyicha baholangan eng yaxshi nasldor buqalar safiga kirmaydi 0 Jami: 100
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Sigirlarni kompleks baholash
jadvali
T/r Belgilar Ballar 1. Eng yaxshi laktatsiya davridagi sut mahsuldorligi, jami (zot boʻyicha minimal koʻrsatkichlarga nisbatan foizda) 70 60 — 69 % 27 70 — 79 % 30 80 — 89 % 33 90 — 99 % 36 100 — 109 % 39 110 — 119 % 42 120 — 129 % 45 130 — 139 % 48 140 — 149 % 51 150 — 159 % 54 160 — 169 % 57 170 % va undan yuqori 60 Sut tarkibidagi yogʻning minimal koʻrsatkichlardan har 0,01% oshishi uchun 1 balldan, lekin 4 balldan koʻp boʻlmagan ball beriladi 4 Sut tarkibidagi oqsilning minimal koʻrsatkichlardan har 0,05% oshishi uchun 1 balldan, lekin 6 balldan koʻp boʻlmagan ball beriladi 6 2. Eksteryeri, jami 15 Oʻta aʼlo (90 va undan yuqori ball) 15 Aʼlo (85 — 89 ball) 12 Ijobiy yaxshi (80 — 84 ball) 9 Yaxshi (75 — 79 ball) 6 Qoniqarli (65 — 74 ball) 3 3. Tirik vazn, jami (zot boʻyicha minimal koʻrsatkichlarga nisbatan foizda) 5 100 % va undan yuqori 5 95 — 99 % 3 4. Servis-davrining davomiyligi, jami (kun) 5 90 kungacha 5 91 — 100 kun 4 101 — 110 kun 3 111 — 120 kun 2 121 va undan ortiq kun 1 5. Tugʻishlar soni boʻyicha foydalanish davomiyligi, jami 5 2 1 3 2 4 3 5 4 6 va undan yuqori 5 Jami: 100
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Podani toʻldiruvchi buzoq va gʻunajinlarni kompleks baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Jaydari qoʻylarni baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, kg
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Hisori zotli qoʻylarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, kg
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Saraja zotli qoʻylarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, kg
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Qora rangli qorakoʻl qoʻzilarga en solish
TASVIRI
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Koʻk rangli qoʻzilarga en solish
TASVIRI
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Buxoro sur rangli qorakoʻl qoʻzilarga en solish
tasviri
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
Qoraqalpoq va Surxondaryo zot tiplaridagi sur qorakoʻl qoʻzilarga en solish
TASVIRI
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 20-ILOVA
Guligaz, zarmalla va qambar qoʻzilarga en solish
tasviri
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Oq qorakoʻl qoʻzilarga en solish
tasviri
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 22-ILOVA
Jundor echkilarning jun mahsuldorligi va sifatini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 23-ILOVA
Nasldor echkilar junining ingichkaligini baxolash
jadvali
Ingichkalik klassi Qalinligi, mkm 64 20,6 — 23,0 60 23,1 — 25,0 58 25,1 — 27,0 56 27,1 — 29,0 56/50 29,1 — 31,0 50 31,1 — 34,0 46 34,1 — 37,0 44 37,1 — 40,0 40 40,1 — 43,0
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 24-ILOVA
Tivit beruvchi echkilarning jun mahsuldorligi va sifatini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Jinsi va yoshi Tivit tarami, g. Jundagi tivit miqdori, % Tivit uzunligi, sm. Tivit qalinligi, sm. (koʻpi bilan) Tirik vazni, kg. elita I klass elita I klass elita I klass elita I klass Takalar 700 600 70 65 9,0 8,0 21 70 65 Ona echkilar 450 400 70 65 8,0 8,0 19 44 40 2 — 2,5 yoshli takalar 550 500 65 60 9,0 8,0 19 55 50 2 — 2,5 yoshli ona echkilar 400 350 60 60 8,0 8,0 18 40 36 1 — 1,5 yoshli erkak uloqlar 280 250 65 60 8,0 7,0 18 38 35 1 — 1,5 yoshli urgʻochi uloqlar 220 200 60 60 8,0 7,0 17 33 30
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 25-ILOVA
Otlarni kelib chiqishi boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 26-ILOVA
Otlarni zotga xosligi boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 27-ILOVA
Otlarni eksteryeri va gavda tuzilishi boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 28-ILOVA
Otlarni ish qobiliyati boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 29-ILOVA
Toylarni harakat sifati boʻyicha baholash
jadvali
(nazorat masofa 25 m)
Izoh: quyidagi hollarda baho pasaytiriladi:
nazorat vaqti normasidan oshganligi uchun — 1 ball;
harakatdagi yaqqol nuqsoni uchun — 1-2 ball;
yoʻrgʻalash va odimda 2 ta xato uchun — 1 ball.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 30-ILOVA
Otlarni toʻsiqlardan sakrab oʻtishi boʻyicha baholash
jadvali
Izoh: quyidagi hollarda baho pasaytiriladi:
bitta toʻsiqqa tegib ketganlik holati uchun — 1 ball;
bitta toʻsiqni buzganligi uchun — 2 ball;
bitta toʻsiqdan sakray olmaganligi uchun — 3 ball.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 31-ILOVA
Otlarni ot sportining klassik turlari — uchkurash, konkur va aravada chopish musobaqalarining natijalari boʻyicha baholash jadvali, ball
Musobaqa turi Egallagan oʻrni 1 2 3 4 5 va undan past Xalqaro musobaqalar: Oliy klass 170 sm.gacha Kubok 2 gitaga 160 sm.gacha 10 9 8 7 6 Uchkurash Katta sovrin Respublika miqyosidagi musobaqalar: Oliy klass 160 sm.gacha Kubok 2 gitaga 150 sm.gacha 9 8 7 6 4 Uchkurash Katta sovrin Uchrashuv oʻyinlari, hududiy viloyat va yuqorida sanab oʻtilgan musobaqalar: Oliy klass 150 sm.gacha Qisqartirilgan dastur boʻyicha uchkurash Aralash chopish va katta sovrin (aravada chopish) 8 7 6 5 4 Oliy klass 120-140 sm. Yosh otlar uchun uchkurash 7 6 5 4 3 Oʻrta va oʻtish sovrini (aravada chopish) Oliy klass 110-130 sm. Katta otlar uchun ikki kurash 6 5 4 3 2 Kichik sovrin (aravada chopish) Oliy klass 110 — 120 sm. Yosh otlar uchun ikki kurash 5 4 3 2 2 Boshlangʻich sovrin
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 32-ILOVA
Otlarni avlodlarining sifati boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 33-ILOVA
Qorabayir zotli otlarning tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, sm
Izoh: koʻrsatilgan minimal koʻrsatkichdan koʻkrak aylanasining 5 sm va undan koʻp, poycha aylanasining 0,5 sm va undan koʻp ortishida har bir belgi uchun 0,5 ball qoʻshiladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 33a-ILOVA
Qorabayir zotli otlarning yoshiga asosan tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlarga tuzatishlar, sm
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 34-ILOVA
Axaltaka zotli otlarning tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, sm
Izoh: agar gavdaning qiya uzunligi qarchigʻay balandligidan 3 sm va undan ortiq oʻlchamga kam boʻlsa, baho 1 ballga pasaytiriladi. 4 va undan katta yoshdagi otlarda qarchigʻay balandligining 1 sm.ga pasayishi hisobga olinmaydi. Mashgʻulotdagi otlarga koʻkrak aylanasi boʻyicha talablar qoʻshimcha 5 sm.ga pasaytiriladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 34a-ILOVA
Axaltaka zotli otlarning yoshiga asosan tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlarga tuzatishlar, sm
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 35-ILOVA
Toza qonli arab zotli otlarning tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, sm
Izoh: koʻkrak aylanasining koʻrsatilgan minimal koʻrsatkichdan 5 sm va undan ziyod, poycha aylanasining 0,5 sm va undan ziyod oshishiga har bir belgi uchun 0,5 ball qoʻshiladi. 4 va undan katta yoshdagi otlarda qarchigʻay balandligining 1 sm.ga pasayishi hisobga olinmaydi. Mashgʻulotdagi otlarga koʻkrak aylanasi boʻyicha talablar qoʻshimcha 5 sm.ga pasaytiriladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 35a-ILOVA
Toza qonli arab zotli otlarning yoshiga asosan tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlarga tuzatishlar, sm
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 36-ILOVA
Toza qonli salt miniluvchi otlar va ularning duragaylari tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, sm
Izoh: koʻrsatilgan minimal koʻrsatkichdan koʻkrak aylanasining 5 sm va undan ziyod, poycha aylanasining 0,5 sm va undan ziyod oshishiga har bir belgi uchun 0,5 ball qoʻshiladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 36a-ILOVA
Toza qonli salt miniluvchi otlar va ularning duragaylarining yoshiga asosan tana oʻlchamlarini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlarga tuzatishlar, sm
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 37-ILOVA
Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Izoh: mini tovuqlarning tuxumdorligiga qoʻyiladigan talablar 15 foizga, tirik vazniga qoʻyiladigan talablar 30 foizga kamaytiriladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 38-ILOVA
Goʻsht yoʻnalishidagi tovuqlarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Izoh: ona liniyalar uchun tirik vaznga qoʻyiladigan talab 50 gramm, tuxumdorligiga qoʻyiladigan talab 5 donadan yuqori boʻlishi talab etiladi. Mini tovuqlar genini tashuvchilarning tirik vazniga qoʻyiladigan talablar 6 foizdan 40 foizgacha kamaytiriladi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 39-ILOVA
Tuxum-goʻsht yoʻnalishidagi tovuqlarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 40-ILOVA
Oʻrdaklarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 41-ILOVA
Kurkalarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Belgilar Oq keng koʻkrakli Ota shakli Ona shakli Ogʻir tip Oʻrtacha tip Ogʻir tip Oʻrtacha tip elita–rekord elita I klass II klass elita–rekord elita I klass II klass elita–rekord elita I klass II klass elita–rekord elita I klass II klass Tirik vazni, kg: 12 haftalikda: xoʻrozchalar - - - - 4,5 4,0 3,6 3,2 - - - - 3,8 3,6 3,4 3,2 makiyonlar - - - - 3,6 3,3 3,0 2,8 - - - - 2,9 2,6 2,4 2,2 16 haftalikda: xoʻrozchalar 8,0 7,5 7,0 6,5 6,2 5,5 5,2 4,8 6,0 5,6 5,3 5,0 5,0 4,6 4,2 4,0 makiyonlar 6,0 5,5 5,0 4,5 4,8 4,1 3,8 3,5 4,4 4,2 3,8 3,6 4,0 3,6 3,3 3,0 16 (20) haftalikdagi tuxumdorligi, dona.* 45 45 42 40 55 50 45 45 60 60 55 50 80 75 70 70 Joʻja chiqishi, % 57 57 57 57 60 60 60 60 60 60 60 60 60 60 60 60 Kurkalarning saqlanish darajasi, %: 12 haftalikgacha 80 80 80 80 82 82 82 82 84 84 83 82 86 85 84 84 12 —16 haftalik (12 haftalikgacha saqlanib qolgan kurkalarga nisbatan) 78 78 78 78 80 80 80 80 82 82 81 80 85 83 82 82
Belgilar Yengil tip ona shakli Shimoliy kavkaz Boshqa populyatsiyalar elita–rekord elita I klass II klass elita I klass II klass elita I klass II klass Tirik vazni, kg: 12 haftalikda: xoʻrozchalar 3,2 2,8 2,6 2,4 3,5 3,3 3,0 - - - makiyonlar 2,5 2,2 2,0 1,8 2,5 2,3 2,0 - - - 16 haftalikda: xoʻrozchalar 4,8 4,5 4,1 3,7 5,1 4,6 4,3 4,8 4,3 4,0 makiyonlar 3,4 3,2 3,0 2,8 3,7 3,5 3,2 3,6 3,4 3,0 16 (20) haftalikdagi tuxumdorligi, dona* 90 90 80 70 60 60 55 60 60 55 tuxumdan kurkaning chiqishi, % 67 67 65 64 62 62 62 60 60 60 Kurkalarning saqlanish darajasi, %: 12 haftalikgacha 90 90 86 85 88 88 88 88 88 88 12 — 16 haftalik (12 haftalikgacha saqlanib qolgan kurkalarga nisbatan) 88 88 85 84 85 85 85 85 85 85
Izoh: * — yengil va oʻrta tiplar — 20 hafta; ogʻir tip — 16 hafta
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 42-ILOVA
Gʻozlarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 43-ILOVA
Muskulli oʻrdaklarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 44-ILOVA
Sesarkalarni baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 45-ILOVA
Parrandalarni kompleks baholash
jadvali
Klass Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlarning tuxumdorligi yoki tuxum vazni, goʻsht yoʻnalishidagi tovuqlarning tirik vazni Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlarning tuxumdorligi va tuxum vazni, goʻsht yoʻnalishidagi tovuqlarning tuxumdorligi Tuxumdan joʻjalarning chiqishi, foiz Joʻjalarning saqlanishi, % Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar joʻjalarining tirik vazni Birinchi davr Ikkinchi davr Elita–rekord Elita–rekord Elita–rekord I klass minimal koʻrsatkichdan kam boʻlmaganda Elita elita elita I klass minimal koʻrsatkichdan kam boʻlmaganda Elita elita–rekord elita Bitta belgi boʻyicha minimal koʻrsatkichdan farq qilganda* Elita elita elita–rekord Bitta belgi boʻyicha minimal koʻrsatkichdan farq qilganda* Elita elita–rekord I klass I klass minimal koʻrsatkichidan kam boʻlmaganda I klass I klass I klass I klass minimal koʻrsatkichidan kam boʻlmaganda I klass elita–rekord II klass I klass minimal koʻrsatkichidan kam boʻlmaganda I klass I klass elita–rekord Bitta belgi boʻyicha minimal koʻrsatkichdan farq qilganda* II klass II klass Elita Bitta belgi boʻyicha minimal koʻrsatkichdan farq qilganda* II klass I klass I klass Bitta belgi boʻyicha minimal koʻrsatkichdan farq qilganda* II klass II klass II klass II klass minimal koʻrsatkichidan kam boʻlmaganda
Izoh: * — tuxumdan joʻja chiqishi yoki saqlanish darajasi I klass talabidan 3 foiz, tirik vazni 5 foiz kam boʻlganda
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 46-ILOVA
Kurka, oʻrdak, gʻoz va sesarkalarning ajdodlari hamda ota-onalari klasslarini aniqlash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 47-ILOVA
Asalarilarining eksteryeri va biologik xususiyatlari boʻyicha baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Zotlar nomi Minimal koʻrsatkichlar Asosiy belgilar Bilvosita belgilar Asalari tanasining rangi Xartum uzunligi, mm Kutibal indeksi, % Uchinchi tergit eni, mm Asalni yopishtirish Qishga chidamliligi Asalari ahloqi Bir kunlik ishchi asalari Urugʻlanmagan ona asalarining ogʻirligi, mg Urugʻlangan ona asalarining ogʻirligi, mg Asal toʻplashdan oldin asalarini serpushtligi, bir kundagi tuxumlar soni, dona Romlarni koʻrib chiqqanda Uyani ochganda Oʻrta rus toʻq boʻz 5,9 — 6,4 60-65 5,0 oq chidamli pastga tushadi jahldor 110 190 210 1500 — 2000 Kavkaz togʻ, kulrang boʻz kul 6,7 — 7,2 50-55 4,7 qora oʻrtacha chidamli tinchgina oʻtiradi tinchlik sevar 90 180 200 1100 — 1500 Kavkaz sariq sariq boʻz 6,3 — 6,9 50-55 4,7 qora oʻrtacha chidamli tinchgina oʻtiradi tinchlik sevar 90 180 200 1100 — 1700 Karpat koʻk (boʻz) 6,3 — 7,0 45-50 4,8 oq chidamli tinchlik sevar jahldor 105 180 200 1100 — 1800 Ukrain choʻl boʻz 6,3 — 6,7 55-60 4,8 oq oʻrtacha chidamli tinchgina oʻtiradi jahldor 110 185 205 1400 — 2000 Ukrainka boʻz (koʻk) 6,4 — 6,8 45-50 4,8 oq chidamli tinchgina yuradi jahldor 110 185 205 1400 — 2000 Italiya sariq 6,4 — 6,7 40-45 4,8 aralashgan chidamli Tinchgina yuradi jahldor 115 190 210 1500 — 2500 Mahalliy asalari kulrang 6,5 — 6,6 14,8-16,6 8,3 aralashgan chidamli tinchgina yuradi tinchlik sevar 116 188 220 1800 — 2600
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 48-ILOVA
Asalari oilasini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 49-ILOVA
Asalari oilalarining klasslarini aniqlash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 50-ILOVA
Quyonlarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, kg
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 51-ILOVA
Quyonlarning tana tuzilishini baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 52-ILOVA
Quyon terisining jun bilan qoplanishi va qalinligini baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 53-ILOVA
Turli quyon zotlarini teri ranglari boʻyicha baholash
jadvali
Zot Klasslar Elita I II III Goʻsht-teri beruvchi zotlar Kulrang velikan Kulrang — quyonlar tusi mex va jun oʻqini nisbati bilan baholanadi. Teri qoplami puflanganda taramlar asosan beshta rang hosil qiladi: tuk asosida havo rang, keyin malla rang, yuqoriroqda toʻq malla, keyin och sariq dogʻli va eng yuqorida –qora rang. Qorin, dum osti va pastki qismlar oʻqi oq rangda, mex osti havo rangda. Dumining ustki qismi va quloqlari tim qora, qora, jun qoplami toʻq kulrang, toʻq qoʻngʻir rangli dogʻlar bor. Mex osti toʻq havorang. Qorin osti boshqa tana qismlariga nisbatan och rangda. Jun qoplami bir tekis, toza oq, yaltiroq Puflaganda jun qoplamining pastki qismi tarami kulrang, tana qismlarida jun qoplami ranglari bir tekis qoplanmagan Puflaganda jun qoplamining pastki qismi bir tekisda emas Yuqori klass talablariga javob bermaydi Oq velikan Jun qoplami bir tekisda toza-oq va yaltiroq rangda Terisi tovlanadi Tovlanishi yaxshi emas Tovlanmaydi Qora-qoʻngʻir Jun qoplami qora-qoʻngʻir tusda, boʻyni, beli, tomogʻi bir xil qora rangda. Yon qismlarida yaxshi ifodalanadi: asosi havo rangda, keyin toʻq rangda, yuqorisi och rangda va hosil boʻlayotgan tuk qora rangda Boʻyin, orqa, yon tomonlari qoʻngʻirroq rangda Tusi juda toʻq yoki och rangda Rangsiz, tanasining ayrim joylari oq tusda Kapalak Orqa qismida, asosan, oq tusda, yonboshida qora yoki jigarrang rangda tanasi boʻylab turli oʻlchamda tasma yoki ilon koʻrinishda chiziq oʻtgan, tumshugʻidagi dogʻlar kapalak qanotiga oʻxshash simmetrik shakldagi dogʻ mavjud. Simmetrik rangli dogʻ mavjud Rangli dogʻ koʻrinishi simmetrik emas Rangli dogʻ umuman simmetrik koʻrinishda emas. Kulrang Tusi kulrang. Jun qoplami toza-oq va qora, yuqori qismidagi mexi havo rangda, asosi birmuncha och rangda Tanasining tusi juda och rangda yoki juda toʻq rangda. Mex rangi kulrang Tanasi bir tekis tusda Tanasi bir tekis boʻlmagan tusda Shinshilla Asosiy tusi kumush, kulrang yoki havo rang; boʻyni, qoʻltigʻi, dumining ost qismi, oyogʻining ichki tomoni oq rangda, puflanganda orqasi va yonbosh qismlarining jun qoplamida boshqa tusdagi ranglar aniq bilinadi: asosi toza havo rangda, keyin och rangda, toʻq, oq va eng yuqorisida toza qora rangda. Qornidagi mex havo rangda Pastki qismi puflanganda kulrang rangda Qismlar boʻylab ranglar aniq koʻrinmaydi Hilpirashi juda och rangda yoki haddan ortiq toʻq rangda. Ensasida och kulrang mavjud emas. Qornidagi mex oq rangda Vena havo rangi Umumiy tusi kulrang yoki havorang, tana bir tekis tusda Yagona oq tusdagi rangda Tanasi oq jun qoplami bilan qoplangan Tanasi jigarrang dogʻlar bilan qoplangan Sovet marderi Tanasi bir tekisda jigarrang tusda. Bosh qismining old tomoni, qulogʻi, dumi va panjalari toʻq jigarrang tusda Tanasining ayrim qismlarida oq jun mavjud Tanasi bir tekis tusda emas. Yuqori klass talablariga javob bermaydi Goʻsht yoʻnalishidagi zotlar Kaliforniya Tanasining jun qoplami oq rangda, yaltiroq; qulogʻi, burni, panjasi va dumi qora rangda Yaltiroqligi koʻzga tashlanmaydi Qulogʻi, burni, kafti, dumi rangsiz tusda Yuqori klass talablariga javob bermaydi oq Yangi Zellandiya Tanasining jun qoplami oq tusda, yaltiroq Yaltiroqligi koʻzga tashlanmaydi Rangsiz tusda Yuqori klass talablariga javob bermaydi Mex beruvchi zot Oq mexli zot Tanasining jun qoplami oq tusda, yaltiroq Yaltiroqligi koʻzga tashlanmaydi Rangsiz tusda Yuqori klass talablariga javob bermaydi
Izoh: tana qismining tusi, puflab hilpiratishda taramlarni boʻyin, orqa va yon qismlarida aniq koʻrinish darajasiga qarab, halqalar soni hisobga olinadi.
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 54-ILOVA
Quyonlarning mex berish mahsuldorligini baholashda hisobga olinadigan minimal koʻrsatkichlar, g/yil
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 55-ILOVA
Quyonlarning klasslarini aniqlash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 56-ILOVA
Quyonlarning koʻpayish xususiyatini baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 57-ILOVA
Yosh quyonlarni kelib chiqishi boʻyicha baholash
jadvali
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 58-ILOVA
Baliqlarning eksteryerini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Baliq zoti Semizlik koeffitsenti Balandlik indeksi Qalinlik indeksi Urgʻochi Erkak Urgʻochi Erkak Urgʻochi Erkak Zotsiz oddiy toʻda 3,0 — 3,4 2,7 — 3,1 2,6 — 2,8 2,7 — 2,9 18 — 23 17 — 22 Ukraina zotiga mansub karp baliqlari 3,1 — 3,6 3 — 3,5 2,2 — 2,7 2,3 — 2,8 Amur zogʻora baligʻi xususiyatiga ega boʻlgan boshqa baliqlar 2,4 — 3,0 2,2 — 2,7 2,9 — 3,3 3,2 — 3,6 15 — 20 15 — 18
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 59-ILOVA
Oq doʻngpeshona baliqlarni toʻdaga qoʻshishda hisobga olinadigan minimal
KOʻRSATKICHLAR
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 60-ILOVA
Nasl olish uchun moʻljallangan baliqlarning tirik vaznini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 61-ILOVA
Ukraina zotiga mansub karp baliqlarining nasldorlik xususiyatlarini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 62-ILOVA
Tut ipak qurtining pilla mahsuldorligi boʻyicha nasldor zotlarini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Naslli zot urugʻlari Mahsuldorlik belgilari Hayotchanlik belgilari tirik pilla vazni, g pillalar ipakchanligi, % tuxumning jonlanishi,% qurtlar hayotchanligi,% Mayda pillali zotlar uchun Oilalar pitomnigi 1,2-1,5 22,0-22,5 94,0-97,5 89,0-91,0 Superelita 1,3-1,6 22,1-22,7 94,2-96,7 89,2-91,3 Elita 1,3-1,6 22,1-22,7 94,2-96,7 89,2-91,3 Oʻrta pillali zotlar uchun Oilalar pitomnigi 1,6-1,8 21,2-21,9 94,7-97,2 88,7-89,0 Superelita 1,7-1,9 21,4-22,1 94,8-96,3 88,9-89,3 Elita 1,7-1,9 21,4-22,1 94,8-96,3 88,9-89,3 Yirik pillali zotlar uchun Oilalar pitomnigi 1,9-2,4 20,0-21,0 94,7-97,1 86,5-88,9 Superelita 2,0-2,45 20,2-21,3 94,8-96,4 87,7-89,2 Elita 2,0-2,45 20,2-21,3 94,8-96,4 88,7-89,2
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 63-ILOVA
Tut ipak qurti zotlarining eng muhim morfologik belgilarini aniqlash
jadvali
Belgi Belgini aniqlash davri Belgining namoyon boʻlishi Indeksi 1 2 3 4 Tuxum: rangi Inkubatsiyadan avval Somonsimon och sargʻish; och jigarrang; jigarrang; kul rang. 1 3 5 7 Tuxum: yopishqoqlik darajasi Tuxumni toʻkish davrida yopishmaydigan; biroz yopishqoq; yopishqoq. 3 5 7 Tuxum: jinsi nishonlanganligi Kapalak tuxumni qoʻyganda kul rang — urgʻochi jins; och sargʻish — erkak jins; och jigarrang — erkak jins. 3 5 7 Tuxum: jins bilan birikkan letallar Qurt jonlanganda 50% urgʻochi jins nobud boʻlishi; 100% urgʻochi jins nobud boʻlishi; erkak jinsni yashab qolishi. 1 2 4 Lichinka: jonlangan qurtlarning teri qoplami rangi Jonlanishning birinchi kuni shokolad rang; qoramtir rang. 2 4 Lichinka: 4-5 yosh qurtlarning rangi Rivojlanishning 4-5 yoshlarida pigmentatsiya yoʻq (shaffof); limon rang; oq; jigarrang. 1 3 5 7 Lichinka: 4-5 yoshda terisidagi suratlar Rivojlanishning 4-5 yoshlarida suratsiz; gilamsimon; zebrasimon; qora maska va yarimoysimon suratli. 1 3 5 9 Lichinka: teri qoplamidagi suratlarning jins bilan birikkanligi Rivojlanishning 4-5 yoshlarida suratsiz — erkak jins; qora maska va yarimoysimon suratli — urgʻochi jins. 2 4 Pilla: shakli Pilla terish va saralashda oʻtkir qutbli; uzunchoq beli chuqur bukilgan; uzunchoq beli biroz bukilgan; uzunchoq beli bukilmagan; ovalsimon beli biroz bukilgan; sharsimon oval. 3 5 6 7 8 9 Pilla: rangi Pilla tahlilida och jigarrang; yashil; sariq; oq. 3 5 7 9 Pilla: chuvatilishi Pilla chuvatilganda past; oʻrta; yuqori chuvatiladigan. 3 5 7 Pilla: tola uzunligi Pillani chuvatilganda kalta; oʻrtacha; uzun. 3 5 7 Pilla: tola ingichkaligi Pilla chuvatilganda qalin; ingichka; oʻta ingichka. 3 5 7 Pilla qobigʻi: tovlanuv-chanlik Pilla tahlilida oq rang yashil tovlanuvchan; oq rang kremsimon tovlanuvchan; oq rang tovlanishsiz. 3 5 7 Pilla qobigʻi: donadorligi Pilla tahlilida yirik donador; oʻrta donador; mayda donador. 3 5 7 Pilla qobigʻi: zichligi Pilla tahlilida rixlaya — boʻsh qobiqli; zich qobiqli; juda zich qobiqli. 3 5 7
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 64-ILOVA
Zotlar boʻyicha tut ipak qurtining reproduktiv koʻrsatkichlarini (belgilarini) baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Zot va duragaylarning nomi Tuxum qoʻymasidagi normal tuxumlar soni, dona Tuxum qoʻymasidagi normal tuxumlar vazni, mg Tuxum qoʻymasidagi bir dona tuxumning vazni, mg Tuxumlardan qurtlarning jonlanib chiqishi, % Qurtlarning hayotchanligi, % Orzu 700 — 750 463 0,582 93,0 — 96,1 84,5 — 89,3 Yulduz 710 — 740 434 0,543 93,0 — 96,3 84,2 — 88,9 Goʻzal 700 — 730 464 0,536 93,0 — 96,2 83,9 — 90,0 Marvarid 720 — 750 451 0,547 93,1 — 96,3 83,8 — 89,9 S-8 ngl 600 — 630 357 0,517 92,0 — 96,0 (46,0 — 48,0) 86,0 — 88,8 Asaka 450 — 470 250 0,502 92,0 — 95,0 85,2 — 87,9 Marhamat 430 — 450 310 0,500 92,0 — 96,2 86,0 — 88,3 Ipakchi 1 600 — 670 325 0,564 92,0 — 96,4 86,1 — 89,0 Ipakchi 2 620 — 660 330 0,537 92,5 — 96,5 85,6 — 88,0 Ipakchi 3 620 — 680 312 0,509 92,7 — 97,2 85,4 — 90,0 22-tizim 630 — 670 337 0,513 92,1 — 98,0 85,4 — 89,5
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 65-ILOVA
Zotlar boʻyicha tut ipak qurtining mahsuldorligini baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Zot va duragaylarning nomi Tirik pillaning oʻrtacha vazni, g Tirik pilla ipak qobigʻining oʻrtacha vazni, mg Tirik pillaning oʻrtacha ipakchanligi, % Orzu 1,95 — 2,20 410 — 420 21,0 — 23,6 Yulduz 1,90 — 2,25 380 — 430 20,4 — 21,5 Goʻzal 1,90 — 2,30 390 — 450 20,4 — 21,4 Marvarid 1,95 — 2,20 405 — 430 20,9 — 21,5 S-8 ngl 1,70 — 1,90 380 — 420 22,1 — 22,3 Asaka 1,40 — 1,50 320 — 340 22,6 — 22,8 Marhamat 1,45 — 1,55 310 — 330 22,0 — 23,8 Ipakchi 1 1,65 — 1,70 355 — 380 21,5 — 22,5 Ipakchi 2 1,68 — 1,72 360 — 395 21,6 — 22,7 Ipakchi 3 1,66 — 1,68 350 — 375 21,0 — 22,5 22-tizim 1,70 —1,75 365 — 400 21,5 — 23,5
Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 66-ILOVA
Tut ipak qurtining naslli zotlarini pillaning texnologik koʻrsatkichlari (belgilar) boʻyicha baholashda hisobga olinadigan minimal
koʻrsatkichlar
Zot va duragaylarning nomi Quruq pilla vazni, g Xom ipak chiqishi, % Ipak mahsulotlarining chiqishi, % Pillaning chuvatilishi, % Ipak tolasining umumiy uzunligi, m Uzluksiz chuvatish uzunligi, m Tolaning metrik nomeri, m/g MTEKS Orzu 0,912 38,29 50,81 75,3 1000 892 2799 0,345 Yulduz 0,919 39,78 48,92 81,3 1020 800 2801 0,357 Goʻzal 0,900 38,39 50,25 76,4 1117 942 3067 0,326 Marvarid 0,999 41,82 49,24 84,9 1200 733 3086 0,324 S-8 ngl 0,735 41,6 52,6 79,04 1017 850 3105 0,322 Asaka 0,604 42,92 55,75 76,98 1040 637 3058 0,328 Marhamat 0,558 42,91 52,53 81,68 855 655 3099 0,323 Ipakchi 1 0,622 41,43 48,19 85,97 932 762 3323 0,310 Ipakchi 2 0,701 42,59 50,12 84,98 1018 795 3134 0,320 Ipakchi 3 0,771 44,50 49,75 89,4 1153 1000 3330 0,308 22-tizim 0,780 44,11 50,22 87,8 1295 962 3223 0,316
