Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2139-4-son)
07.04.2014
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2139-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
6-banddan “va budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
1-ilovaning oʻn uchinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarga” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2014-yil 1-aprel,
16-mh-son
Kelishildi:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 1-aprel
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 1-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 1-aprel
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori E. AXMEDOV
2014-yil 1-aprel
