Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (80-son)
03.04.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining zimmasiga sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish, saqlash va undan foydalanish tadbirlarini qonunchilikka qatʼiy muvofiq holda amalga oshirish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-aprel,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga ILOVA
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
urugʻlik tayyorlovchi — tuzilgan shartnomalar asosida, belgilangan tartibda urugʻlikni qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish uchun tegishli sharoitlarga ega boʻlgan yuridik (qayta ishlash korxonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tajriba xoʻjaliklari) yoki jismoniy shaxs;
asosiy urugʻlik fondi — asosiy ekish uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari;
sugʻurta urugʻlik fondi — imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga hamda xalqaro shartnomalarga muvofiq eksportga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlarda zaxira uchun qoldirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari.
II. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish tartibi
3. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun urugʻliklarni yetishtirish hajmlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
urugʻlik chigit uchun — kelgusi yilda gʻoʻzaning asosiy urugʻlik fondi uchun yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 10 foizigacha;
boshoqli don ekinlari urugʻliklari uchun — kelgusi yilda boshoqli don ekinlarining asosiy urugʻlik fondi uchun yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 3 foizigacha.
4. Respublika boʻyicha kelgusi yilga sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari urugʻlik chigitni tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlar hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari, gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini aniqlagan holda, hududlar boʻyicha tasdiqlanadi.
5. Hududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yetkaziladi.
6. Hududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy boʻlinmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oʻzlarining qoʻshma qarori bilan tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari hajmlarini tasdiqlaydi.
7. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman boʻlinmalariga, shuningdek tumanlar hokimliklariga yetkaziladi.
III. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining sugʻurta urugʻlik fondini saqlash va undan foydalanish
8. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida tuman hokimi aniq urugʻchilik xoʻjaliklarini, shuningdek asosiy urugʻlik fondining urugʻlik yetishtirish hajmlariga qarab sugʻurta urugʻlik fondi ulushini belgilaydi.
9. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻliklarini yetishtirish belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov yakunlariga muvofiq aniqlangan tegishli xoʻjaliklar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan urugʻlik chigit belgilangan tartibda “Oʻzpaxtasanoat” AJning korxonalarida yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarda, boshoqli don ekinlari urugʻliklari esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida qayta ishlanadi.
11. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi va ularning natijalari boʻyicha keyingi yilda ekish uchun xulosalar beriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ yoki “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tegishli qoʻshma qaroriga muvofiq sugʻurta urugʻlik fondi asosiy urugʻlik fondining ishlatilmay qolgan va keyingi yilga oʻtadigan gʻoʻza yoki boshoqli don ekinlari urugʻliklari zaxiralari hisobiga ham toʻldirilishi mumkin.
13. Sugʻurta urugʻlik fondining urugʻlik chigitlari belgilangan tartibda “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxta qabul qilish korxonalarida yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarda, boshoqli don ekinlari urugʻliklari esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don qabul qilish korxonalarida amaldagi standartlarga muvofiq saqlanadi.
14. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari koʻpi bilan bir yilgacha saqlanadi.
15. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini fermer va dehqon xoʻjaliklarida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi, ular urugʻlik tayyorlovchilar hisoblanadigan holatlar bundan mustasno.
16. “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarining yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarning, shuningdek “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini jamgʻarish, qayta ishlash va saqlash xarajatlari sotiladigan urugʻliklar tannarxiga kiritiladi.
17. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari asosida ularni imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimoli va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
18. Tabiiy ofatlar roʻy bergan hollarda sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan foydalanish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga (gʻoʻza uchun) va 3-ilovasiga (boshoqli don ekinlari uchun) muvofiq shakllar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.
19. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga tegishli mintaqalar rahbarlarining buyurtmanomalari asos hisoblanadi.
20. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini xalqaro shartnomalarga muvofiq yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori asos hisoblanadi.
21. Sugʻurta urugʻlik fondining ishlatilmay qolgan urugʻliklari keyingi yilda asosiy urugʻlik fondiga oʻtkaziladi va belgilangan tartibda ekiladi.
IV. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilmaydigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish tartibi
22. Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish maqsadida davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilmaydigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtirish hajmi (keyingi oʻrinlarda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari deb ataladi), urugʻlik sarfi boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik maʼlumotlarni hisobga olgan holda, keyingi yilda tegishli qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy urugʻlik fondiga yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 3 dan 5 foizigacha miqdorida belgilanadi.
23. Keyingi yilda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining hajmlari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va tumanlar hokimlarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Bunda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining hajmlari, boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini belgilagan holda tumanlar boʻyicha tasdiqlanadi.
Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va tumanlar hokimliklariga yetkaziladi.
24. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida tuman hokimi aniq urugʻchilik xoʻjaliklarini, shuningdek asosiy urugʻlik fondining urugʻlik yetishtirish hajmlaridagi sugʻurta urugʻlik fondi ulushini belgilaydi.
25. Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish tegishli xoʻjaliklar tomonidan amalga oshiriladi.
26. Sugʻurta urugʻlik fondi tashkil etish uchun yetishtirilgan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari belgilangan tartibda urugʻlik tayyorlovchilar tomonidan qayta ishlanadi.
V. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini saqlash va ulardan foydalanish
27. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari amaldagi standartlarga muvofiq, urugʻlik tayyorlovchilarda koʻpi bilan bir yilgacha saqlanadi.
28. Urugʻliklar sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi, ularning natijalari asosida keyingi yilda ekish uchun xulosalar beriladi.
29. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini jamgʻarish, qayta ishlash va saqlash xarajatlari sotiladigan urugʻliklar tannarxiga kiritiladi.
30. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlaridan belgilangan tartibda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining qarorlari asosida ularni imkoniyati cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar holatida va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini xalqaro shartnomalarga muvofiq yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori asos hisoblanadi.
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish
SXEMASI
BosqichlarTadbirlarMasʼullarMuddatlarGʻoʻza va boshoqli don ekinlari uchun1-bosqichHududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish. Qoʻshma qarorni hududlarga yetkazish.Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi10-yanvargacha-gʻoʻza,10-iyulgacha-boshoqli don2-bosqichTumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.Qoʻshma qarorni tumanlarga yetkazish.Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK,hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari13-yanvargacha-gʻoʻza,13-iyulgacha-boshoqli don3-bosqichAniq urugʻchilik xoʻjaliklarini belgilash hamda kelgusi yil hosili uchun asosiy urugʻlik fondining urugʻlik hajmlariga koʻra sugʻurta urugʻlik fondining ulushini aniqlash.Tumanlar hokimliklari1-martgacha-gʻoʻza,15-avgustgacha-boshoqli don4-bosqichGʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻliklarini yetishtirish.Hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq aniqlangan urugʻchilik xoʻjaliklariAgrotexnika muddatlarida5-bosqich1. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan urugʻliklarni paxta va don qabul korxonalarida qayta ishlash.2. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining sifatini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.1. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, urugʻlik tayyorlash boʻyicha boshqa sexlar2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi1. 1-martgacha- gʻoʻza,25-avgustgacha- boshoqlin 2. Doimiy ravishda6-bosqichSugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini saqlash.“Oʻzpaxtasanoat” AJ,“Oʻzdonmahsulot” AKBir yildan ortiq emas7-bosqichSugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan foydalanish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, fermer xoʻjaliklariMaqbul agrotexnika muddatlarida va zarur holatlardaBoshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari uchun1-bosqichQishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni hisobga olgan holda tuman hokimlarining takliflariga asosan tumanlar boʻyicha boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini belgilash.Qarorlarni tumanlarga yetkazish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar hokimliklariEkishdan 15 kun oldin2-bosqichUrugʻchilik xoʻjaliklarini belgilash hamda kelgusi yil hosili uchun asosiy urugʻlik fondining urugʻlik hajmlariga koʻra sugʻurta urugʻlik fondining ulushini aniqlash.Tumanlar hokimliklariEkishdan 10 kun oldin3-bosqichBoshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish.hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, urugʻchilik xoʻjaliklariAgrotexnika muddatlarida4-bosqich1. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini qayta ishlash.2. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining sifatini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.1. Urugʻlik tayyorlovchilar2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi1. Ekishdan 10 kun oldin 2. Doimiy ravishda5-bosqichSugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini saqlash.Urugʻlik tayyorlovchilarKoʻpi bilan bir yil6-bosqichSugʻurta urugʻlik fondidagi boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga, xalqaro shartnomalar boʻyicha, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlar uchun yetkazib berish uchun ulardan foydalanish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, fermer xoʻjaliklari, eksport va import qiluvchilarMaqbul agrotexnika muddatlarida va zarur holatlarda
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
DALOLATNOMA _______________viloyati, _____________tumani__________(sana) Biz, quyidagi tarkibdagi komissiya aʼzolari ___________________________________ _______________________________________________________________________(F.I.O., lavozimi)_____________________________ viloyati, _________________________tumanidagi __________________________________________ fermer xoʻjaligining gʻoʻza ekilgan ______________________________ gektar maydoni ___________________________(sana)_______________________________________________________________(zararlanish sabablari)sababli zararlanganligini aniqladik.Mazkur maydonning __________________ gektariga qayta ekish uchun (yoki olasiga ekish uchun) ______________tonna (tukli, tuksiz) urugʻlik chigit talab etiladi.Yuqoridagilarni inobatga olib, ____________ viloyati, _______________ tumanining ____________ fermer xoʻjaligiga _____________tonna _____________________gʻoʻza navi (yoki ushbu mintaqa uchun navlarni joylashtirish tartibiga asosan belgilangan boshqa navlar)ning _______________partiya, ________________ reproduksiyali (tukli, tuksiz) urugʻlik chigiti __________________________________ korxonasi huzuridagi _____________________________ urugʻlik chigit sotish shoxobchasidan sugʻurta urugʻlik fondi hisobidan ajratilishini zarur deb hisoblaymiz.Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbari________________________Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi________________________Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiali vakili________________________Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining hududiy laboratoriyasi xodimi________________________“Oʻzgidromet” vakili ________________________Fermer ________________________
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
DALOLATNOMA _______________viloyati, _____________tumani______(sana) Biz, quyidagi tarkibdagi komissiya aʼzolari ___________________________________ _______________________________________________________________________(F.I.O., lavozimi)_____________________________ viloyati, _________________________tumanidagi _____________________________________________________ fermer xoʻjaligining boshoqli don ekilgan _________________ gektar maydoni ______________________da(sana)_______________________________________________________________(zararlanish sabablari)sababli zararlanganligini aniqladik.Mazkur maydonning __________________ gektariga qayta ekish uchun _______________ tonna boshoqli don ekinlari urugʻlari talab etiladi.Yuqoridagilarni inobatga olib, _______________viloyati, _____________tumanining _____________ fermer xoʻjaligiga _______________tonna _____________________ boshoqli don ekinlari navi (yoki ushbu mintaqa uchun navlarni joylashtirish tartibiga asosan belgilangan boshqa navlar)ning ___________partiya, __________ reproduksiyali boshoqli don ekinlari urugʻligi ____________________________________ korxonasi huzuridagi ________________________ shoxobchadan sugʻurta urugʻlik fondi hisobidan ajratilishini zarur deb hisoblaymiz.Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbari________________________Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili________________________“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don mahsulotlari korxonasi vakili________________________Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining hududiy laboratoriyasi xodimi________________________“Oʻzgidromet” vakili ________________________Fermer ________________________
