Davlat mulkini samarali boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (75-son)
28.03.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, davlat mulkini samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari bilan rozi boʻlish:
1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha obyektlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tekinga oʻtkazish;
2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymatda ochiq kim oshdi savdolarida sotish;
“Kafolat” DASKning ustav fondiga baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymatda Toshkent sh., Mirobod tumani, Movaraunnahr koʻch., 13 va 13A-uy joylashgan va umumiy maydoni 7668 kv. m. boʻlgan “Oʻzagrosugʻurta” DASK va “Kafolat” DASKning sobiq binosining davlat ulishini koʻpaytirish hisobiga kiritish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklariga ular bir oy muddatda mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymatda, ularni keyingi saqlash va samarali foydalanishni taʼminlagan holda topshirishlari, tegishli tashkilotlar esa qabul qilishlari kerak.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-mart,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 28-martdagi 75-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tekinga oʻtkaziladigan obyektlar
ROʻYXATI 1
1. Tekin foydalanishga oʻtkazilgan obyektlar tezkor boshqaruv huquqi asosida tegishli tumanlar hokimliklariga biriktiriladi.
2. Aniqlashtirilishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalari sifatida toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, zarur boʻlgan asbob-uskunalar, mebel va inventarlar bilan jihozlash uchun tasdiqlangan normativlar va qoidalarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratilishi taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 28-martdagi 75-son qaroriga 2-ILOVA
Ochiq kim oshdi savdolarida sotiladigan obyektlar1
ROʻYXATI
1) Sotuvga qadar obyektlar davlat mulki uchun belgilangan stavkalar boʻyicha, shu jumladan, ilgari 2014-yil uchun tegishli ijara shartnomalariga ega boʻlgan tashkilotlarga – foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish toʻgʻrisidagi eʼlonni davriy nashrlarda, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi veb-saytlarida majburiy eʼlon qilmasdan ijaraga berilishi mumkin.
2) Aniqlashtirilishi mumkin.
3) Obyektlar funksional vazifasiga koʻra qismlarga boʻlinib amalga oshirilishi mumkin.
4) “Ipak yoʻli” AITBga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotilgan binolar, bank tomonidan ijaraga olingan binolar bundan mustasno.
5) Sotishdan tushgan mablagʻlar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tassarufida qolgan mablagʻlarning bir qismi, shuningdek baholovchi tashkilotning xizmatlariga haq toʻlash va obyektlarni ochiq kim oshdi savdosiga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno) Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining maxsus hisob raqamiga teatrning ijodiy xodimlari uchun xizmat uy-joy fondini tashkil etish uchun maqsadli oʻtkaziladi.
