Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (73-son)
27.03.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish tendensiyalariga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining barcha darajadagi xodimlarining malakasini doimiy oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2014-yil aprel oyidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda — TATU) tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun 1-ilovaga muvofiq oliy taʼlim muassasalari bazasida kompyuter texnikasi va Internet tarmogʻida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha malaka oshirish kurslari (keyingi oʻrinlarda — TATU malaka oshirish kurslari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. TATU tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari quyidagilar belgilansin:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislari uchun uch bosqichli oʻquv dasturi asosida kompyuter texnikasi va Internet tarmogʻida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha malaka oshirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarida oʻz faoliyatida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va Internet tizimini samarali qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalar darajasini kurslar natijalariga koʻra xolisona baholashni amalga oshirish.
3. Tasdiqlansin:
TATU malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
TATU malaka oshirish kurslarini tashkil etish sxemasi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
* 3a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
TATUda malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv rejasi) 4-ilovaga muvofiq.
4. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti:
ikki hafta muddatda malaka oshirish kurslari oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan oʻqituvchilar roʻyxatini tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda negizida malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyxatini tasdiqlasin;
bir oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda malaka oshirish kurslarini oʻtkazish jadvallari (keyingi oʻrinlarda — jadvallar) tasdiqlanishini taʼminlasin;
malaka oshirish kurslari oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilishini, bilimlarini baholash va ularning jadvallar asosida malaka oshirish kurslariga biriktirilishini taʼminlasin;
amaliy mashgʻulotlarning ustunligiga alohida eʼtibor qaratgan holda malaka oshirish kurslarini yuqori saviyada tashkil etsin;
attestatsiya natijalari boʻyicha tinglovchilarga tegishli sertifikatlar berilishini hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari toʻgʻrisidagi axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislarni TATU malaka oshirish kurslariga oʻqituvchilar sifatida jalb etish boʻyicha choralarni koʻrish va ularni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
uch oy muddatda TATU bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim portali va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish;
TATU malaka oshirish kurslarida oʻqish natijalari boʻyicha tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oʻquv dasturlarining sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni kiritsin.
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ikki hafta muddatda TATU va uning hududiy filiallariga ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq , xodimlarning lavozimlari, funksional vazifalari va majburiyatidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturini oʻqitish darajalari kesimida tinglovchilar roʻyxatini taqdim etsin;
TATU va uning hududiy filiallari bilan malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
zarur hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 2014-yil uchun biznes-rejalariga, shuningdek, budjet tashkilotlarining 2014-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalariga, agar budjetdan tashqari mablagʻlar yetarli boʻlmasa, TATU malaka oshirish kurslarini toʻlash boʻyicha xarajatlariga oʻzgartirishlar kiritsin;
xodimlarning bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirishni hisobga olgan holda tizimli asosda TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitishni taʼminlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari:
Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining rahbar va mutaxassislarini TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitishning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin;
har chorakda komplekslar yigʻilishlarida ushbu masala yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini eshitsin.
8. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining respublika oliy taʼlim muassasalari huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tayanch oʻquv markazlarini (keyingi oʻrinlarda — tayanch oʻquv markazlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq roʻyxat boʻyicha qabul qilinsin.
* 5a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
9. Tayanch oʻquv markazlarining asosiy vazifalari deb quyidagilar belgilansin:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha darajadagi xodimlarining oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun amaliy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha malakasini doimiy oshirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalari negizida mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun amaliy axborot tizimlari va boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.
10. Belgilansinki:
tayanch oʻquv markazlari yuridik shaxs tuzilmagan holda, faoliyati pullik xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar va boshqa budjetdan tashqari tushumlar hisobidan moliyalashtirilgan holda tasdiqlangan umumiy xodimlar soni doirasida oliy taʼlim muassasalarining tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladi;
TATU va tayanch oʻquv markazlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish boʻyicha faoliyati oliy taʼlim muassasalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga tenglashtiriladi.
11. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va TATU bilan birgalikda bir oy muddatda tayanch oʻquv markazlari 2014-yil 1-sentabrdan ish boshlashini hisobga olgan holda ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — kompleks chora-tadbirlar) ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Kompleks chora-tadbirlarda moddiy-texnika bazasini shakllantirish mexanizmini hamda oʻqituvchilarni, shu xorijiy oʻqituvchilarni etish tartibini, tayanch oʻquv markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini majburiy tartibda belgilash nazarda tutilsin.
12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TATU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
tayanch oʻquv markazlari faoliyatini normativ-metodik boshqarish, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va oʻquv dasturlarini tayyorlash masalalari boʻyicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, xorijiy konsultantlarni jalb etish;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ishtirokida Koreya Respublikasidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayanch oʻquv markazlariga konsultantlar sifatida jalb etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritish;
xorijiy konsultantlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda, tayanch oʻquv markazlarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va mutaxassislari uchun tegishli oʻquv rejalari va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X.M. Mirzohidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-mart,
73-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun TATU malaka oshirish kurslari tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
Izoh: respublika hududlarida zarur hollarda mahalliy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari negizida TATU malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga 2-ILOVA
TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining lavozimlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun kompyuter texnikasi va Internet tizimida ishlash, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha TATU malaka oshirish kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Izoh: respublika hududlarida zarur hollarda mahalliy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari negizida TATU malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun kompyuter texnikasi va Internet tizimida ishlash, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha TATU malaka oshirish kurslari
OʻQUV DASTURI
Izoh: davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi oʻz faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv dasturiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tayanch oʻquv markazlarini tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
