Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1807-3-son)
28.03.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1807-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 52 (I)-son) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
21-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
2014-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-son qaroriga ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisidagi va 15-banddagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini” degan soʻzlar “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 20-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” degan soʻzlar “budjet tizimi budjetlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
