Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1995-yil 24-avgustdagi “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini bekor qilish haqida (149-I-son)
30.11.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1995-yil 24-avgustdagi “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 98-I-sonli Qarorini bekor qilish haqidagi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1995-yil 24-avgustdagi “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 98-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil № 9, 214-modda) bekor qilinsin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 30-noyabr,
149-I-son
