Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunini kuchga kiritish haqida (224-XII-son)
15.02.1991
oʻzbekiston respublikasi oliy kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”ni Qonuni 1991-yil 1-martdan kuchga kiritilsin.
Qonunlar ushbu Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar qonunlarning jamoat birlashmalariga oid qismi ushbu Qonunga zid kelmasa, qoʻllanaveradi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining jamoat birlashmalari ustavlari (nizomlari, boshqa asosiy hujjatlari)ni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi qoidalari ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar tuzilgan jamoat birlashmalarining ustavlariga daxldordir. Agar shu jamoat birlashmalarining ustavlari 1992-yil martigacha boʻlgan muddatda roʻyxatga olinadilar; bu holda 11-modda toʻrtinchi qismining ustavini u qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida roʻyxatga olish haqidagi qoidasi qoʻllanilmaydi.
Kasaba uyushmalarining ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini nazorat qilish haqida “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11, 20 va 22-moddalarida koʻzda tutilgan qoidalarni tartibga solish xususiyatlari kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutiladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashiga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarini “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq umumittifoq jamoat birlashmalarining jumhuriyat boʻgʻinlarini, shuningdek, jumhuriyatlararo, jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatga olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish qoidalarini ishlab chiqsin va matbuotda eʼlon qilsin, jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun haq olish tartibi va miqdorlari belgilansin;
1991-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish hamda ularning ustavlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha maxsus xizmat tashkil etish, bu xizmatning faoliyatini shtatlar bilan, moddiy-moliyaviy va boshqacha tarzda taʼminlash masalalarini hal etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari mazkur Qonunga muvofiqlashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
224-XII-son
