Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida (PQ-1603-son)
24.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2011-yil 27-avgust shanba va 28-avgust yakshanba dam olish kunlari 29-avgust dushanba va 30-avgust seshanba kunlariga koʻchirilsin;
2011-yil 27-avgust shanba va 28-avgust yakshanba kunlari ish kunlari deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-avgust,
PQ-1603-son
