Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2137-son)
03.03.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika hududlaridagi ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining quvvatlari bilan iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarida kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish hajmlarining oʻsib borishi bilan oʻzaro bogʻliqligini, pudratchi tashkilotlarning ishlab chiqarish-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hisobiga olib borilayotgan qurilish- montaj ishlarining miqyosi va sifatini tubdan yaxshilash, butun qurilish ishlari siklini “kaliti bilan topshirish” usulida bajarishni taʼminlash maqsadida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasi bilan taʼminlangan va qurilish ishlarining butun siklini “kaliti bilan topshirish” usuli bilan bajarilishini taʼminlaydigan Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish- pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi 1-ilovaga muvofiq;
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmasi 2, 2a va 2b-ilovalariga* muvofiq maʼqullansin.
* 2b-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturni amalga oshirish doirasida sanoat, yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, meliorativ va ijtimoiy obyektlar qurilishining sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish omili sifatida qurilish pudrat tashkilotlarining ixtisoslashganligi darajasini koʻtarishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilish sohasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni:
respublikaning barcha viloyatlarida filiallari boʻlgan, zamonaviy qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transport lizingi boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan kompaniyasini tuzishni;
yangi yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilish texnikasini, mashina va mexanizmlarni, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalarini lizing asosida xarid qilishning moliyalashtirish manbalarini, shuningdek mulkchilikning barcha turidagi qurilish tashkilotlariga lizing xizmatlarini koʻrsatish tartibini nazarda tutgan takliflarini kiritsin.
5. Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh (B.I. Zakirov):
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari doirasida qurilish-pudrat tashkilotlarining Reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bajariladigan ishlarning hajmlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi parametrlarini, oqilona hududiy joylashtirish orqali, soʻzsiz bajarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Reyestrga kiritilgan, yangidan tashkil etilayotgan va yiriklashtirilayotgan qurilish pudrat tashkilotlariga “nulinchi” sotib olish stavkasi boʻyicha tegishli investitsiya majburiyatlari asosida yoki davlatning ulushi sifatida beriladigan davlat mulkining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmalarini, yirik va kichik korxonalar uchun mos ravishda, ularning quvvati va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-mart,
PQ-2137-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga 1-ILOVA
2014 — 2016-yillarda yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish
DASTURI
dona Hududlar nomlanishi Yangidan tashkil etiladigan yirik qurilish tashkilotlari soni Shu jumladan yillar boʻyicha: Tashkil etiladigan quvvat 2014-y. 2015-y. 2016-y. Xodimlar soni Qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar soni Ishlab chiqarish bazalari soni JAMI 88 20 30 38 7 763 2 107 229 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 1 2 2 700 257 19 Andijon viloyati 7 2 2 3 330 40 17 Buxoro viloyati 6 2 2 2 464 355 13 Jizzax viloyati 7 2 2 3 358 56 22 Qashqadaryo viloyati 7 1 3 3 2150 340 40 Navoiy viloyati 6 2 2 2 132 71 7 Namangan viloyati 7 2 2 3 724 159 28 Samarqand viloyati 6 1 3 2 940 276 21 Surxondaryo viloyati 6 1 2 3 115 41 6 Sirdaryo viloyati 6 1 2 3 143 10 6 Toshkent viloyati 7 2 2 3 450 42 28 Fargʻona viloyati 6 1 2 3 265 59 8 Xorazm viloyati 6 1 2 3 711 94 6 Toshkent shahri 6 1 2 3 281 307 8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga 2-ILOVA
Kompleks qurilish pudrat tashkilotining
NAMUNAVIY TAShKILIY TUZILMASI
Rahbar Birinchi oʻrinbosar — bosh muhandis Iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosar Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻyicha oʻrinbosar Kadrlar boʻlimi Ishlab chiqarish-texnik boʻlim Moliyaviy iqtisodiy xizmat Komplektatsiya boshqarmasi Smeta-shartnoma boʻlimi Buxgalteriya Qurilish materiallari va konstruksiyalar boshqarmasi Qurilish sifati boʻlimi Yuridik xizmat Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi Qurilish-ishlab chiqarish boshqarmalari Dispetcher Geodezchi Umumiy qurilish ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi San�exnika ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi Binoni shamollatish va haroratini saqlash boshqarmasi Bosh energetik xizmati Pardozlash ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi Elektr montaj ishlari boshqarmasi Qurilish mexanizatsiyasi va avtotransport boshqarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga 2a-ILOVA
Ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotining
NAMUNAVIY TAShKILIY TUZILMASI
Rahbar Bosh muhandis Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻyicha oʻrinbosar Moliyaviy iqtisodiy xizmat Smeta-shartnoma, texnik-ishlab chiqarish boʻlimi Buxgalteriya Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻlimi Bosh mexanik xizmati Kadrlar boʻlimi Bosh energetik xizmati Yuriskonsult Ishlar sifati muhandisi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi Geodezchi
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan qurilish-pudrat ishlarining ixtisoslashuvi va hajmiga bogʻliq boʻlib, 70 nafardan 400 nafargacha, shu jumladan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — 20 nafardan 30 nafargachani tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga 3-ILOVA
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh
TARKIBI
B.I. Zakirov — Bosh vazir oʻrinbosari, Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari B.A. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari S.X. Gaffarov — Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mirusmo�ov — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.M. Mirzayev — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari B.B. Alimuxamedov — Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari U.Z. Salimov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M.E. Shodiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari M.Y. Eshmatov — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari Z.B. Mustafoyev — “Oʻzbeklizing interneyshnl” AJ direktori T.B. Umarov — “Qurilish lizing” AK direktori Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari N.M. Xanov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Ishchi guruh kotibi
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
