2007-yil 31-dekabr dushanba ish kunini 2007-yil 29-dekabr shanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida (PQ-754-son)
24.12.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2007-yil 31-dekabr dushanba ish kuni 2007-yil 29-dekabr shanba kuniga koʻchirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-dekabr,
PQ-754-son
