Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2566-son)
05.03.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2566]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 84-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq buyuraman:
1. Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-fevral,
38-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 4-fevraldagi 38-sonli buyrugʻiga ILOVA
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar
ROʻYXATI
T/r Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar Ruxsat etilmaydigan ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar Kasblarning milliy standart klassifikatorida belgilangan kasb kodi 1. Davolash-profilaktika muassasalarida (tugʻruqxonalar, tugʻruq, chaqaloqlar patologiyasi va chala tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimlarida) chaqaloqlar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar akusherka 3232 barch� nomdagi tibbiyot hamshiralari 3231 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2220 bemorlarga qarovchi kichik tibbiyot hamshirasi 9131 sanitarkalar, sanitarka-boquvchilar 9132 bolalar taomi va parhez taomlar boʻyicha oshpazlar 5122 bufetchi 5123 2. Bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan bolalarga moʻljallangan sogʻlomlashtirish, jismoniy rivojlantirish, sihatgoh va reabilitatsiya maskanlarida, profilaktoriyalarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 3320 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3231 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2220 bemorlarga qarovchi kichik tibbiyot hamshirasi 9131 sanitarkalar, sanitarka-boquvchilar 9132 bolalar taomi va parhez taomlar boʻyicha oshpazlar 5122 bufetchi 5123 3. Maktabgacha taʼlim muassasalarida (bogʻcha-yasli va bogʻchalar, bolalar uylari) bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 3320 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3231 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2220 bemorlarga qarovchi kichik tibbiyot hamshirasi 9131 sanitarkalar, sanitarka-boquvchilar 9132 bolalar taomi va parhez taomlar boʻyicha oshpazlar 5122 bufetchi 5123 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼlim va sport muassasalarida, shuningdek ushbu maqsadlarda tashkil etilgan toʻgaraklarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 3320 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3231 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2220 bemorlarga qarovchi kichik tibbiyot hamshirasi 9131 sanitarkalar, sanitarka-boquvchilar 9132 bolalar taomi va parhez taomlar boʻyicha oshpazlar 5122 bufetchi 5123 toʻgarak rahbarlari 2349 oʻqituvchilar 3310 logoped 3330 oʻqituvchi-logoped 2330
Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan ishlarda ishlovchi shaxslar, belgilangan muddatlarda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart boʻlib, ular tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sil kasalligiga chalinmagan deb topilgan taqdirdagina, bunday ishlarga qoʻyiladi. Atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning, keyinchalik tuzalishidan qatʼi nazar, mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan ishlarni bajarishiga ruxsat etilmaydi.
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 4-fevral
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 4-fevral
