Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (44-son)
03.03.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilik normalari bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-mart,
44-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 44-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 23-yanvardagi 15-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, shuningdek uning xoʻjalik jamiyatlari va unitar korxonalariga quyidagilar:”.
