Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida (661-q-son)
12.08.2013
Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan markaziy oʻyingohda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 2013-yil 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish ilovada* koʻrsatilgan barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
* Ilova berilmaydi.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (Sh. Qoʻziyev) “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.v.b A. Tangirov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim Sh. NEGMATOV
Ishtixon sh.,
2013-yil 12-avgust,
661-q-son
