Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida (443-Q-son)
15.08.2013
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) Qonuni talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan Ziyovuddin shaharchasi, “Istiqlol” koʻchasida joriy yilning 23-avgust kunidan boshlab, 3-sentabrga qadar har kuni soat 06-00 da Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish ilovada* koʻrsatilgan barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
* Ilovalar berilmaydi.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (A. Anorov) “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim v.b. H. JOʻRAYEV
Paxtachi t.,
2013-yil 15-avgust,
443-Q-son
