2014-yil tuman hududida chorvachilikning barcha tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, servis xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni taʼminlash toʻgʻrisida (1524-q-son)
25.12.2013
Samarqand viloyati Samarqand tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi “2014-yil hosili uchun puxta zamin yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni yanada koʻpaytirish, belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishni tizimli tashkil etishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 01-03-15-37-sonli bayoni hamda viloyat hokimining 2013-yil 6-dekabrdagi 253-Q-sonli bayonining VIII-ustuvor yoʻnalishi — qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi topshiriqlar hamda 6-dekabrdagi 253-Q-sonli qarori ijrosini taʼminlash, chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hisobiga ichki isteʼmol bozorlarini arzon hamda sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2013-yil 6-dekabrdagi 253-Q-sonli “Viloyatda 2014-yilda chorvachilikning barcha tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, servis xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda 2014-yilda chorva bosh sonlari, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, zooveterinariya hamda naslchilik servis xizmatlari koʻrsatish tarmogʻini kengaytirish va pillachilikni rivojlantirish boʻyicha tuman Ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq, uning vazifalari 2-ilovaga* muvofiq:
qoramolchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 3-ilovaga*, chora-tadbirlar dasturi va 2014-yilda belgilangan vazifalar 3.1-ilovaga* muvofiq;
parrandachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 4-ilovaga*, chora-tadbirlar dasturi va 2014-yilda belgilangan vazifalar 4.1-ilovaga* muvofiq;
baliqchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 5-ilovaga*, chora-tadbirlar dasturi va 2014-yilda belgilangan vazifalar 5.1-ilovaga* muvofiq;
asalarichilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 6-ilovaga*, chora-tadbirlar dasturi va 2014-yilda belgilangan vazifalar 6.1-ilovaga* muvofiq;
pillachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi 7-ilovaga*, chora-tadbirlar dasturi va 2014-yilda belgilangan vazifalar 7.1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
3. Tuman Ishchi guruhi (F. Norov) bir hafta muddatda tumanda chorvachilikning barcha tarmoqlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha tashkil qilinayotgan tizim, uning mohiyati va ishlash mexanizmi boʻyicha tuman korxona va tashkilotlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini oʻtkazsin.
4. Tumanda chorvachilikning asosiy ustuvor vazifalari va ishlab chiqilgan Dasturlarning joylardagi ijrosini taʼminlashni tizimli ravishda tashkil etish va bajarilishini taʼminlash uchun kelishuv asosida:
qoramolchilik tarmogʻini rivojlantirishga tuman moliya boʻlimi;
parrandachilik tarmogʻini rivojlantirishga Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi;
baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga tuman Davlat soliq inspeksiyasi, tuman tabiatni muhofaza qilish boʻlimi;
asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishga viloyat oʻrmon xoʻjaligi;
pillachilik tarmogʻini rivojlantirishga viloyat “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi va uning hududiy paxta tozalash korxonalari rahbarlari shaxsan masʼul ekanliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur masʼullar tumanda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha 2014-yilda yangi loyihalarni oʻz muddatlarida ishga tushirishni taʼminlasinlar.
5. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (A. Amirov), tuman veterinariya boʻlimi (Sh. Habibov) va viloyat “Chorvanaslchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda 2014-yilda tumanga chetdan naslli qoramollarni belgilangan muddatda olib kelinishini taʼminlash uchun 2014-yilning 20-fevraligacha naslli qoramol oluvchi talabgorlarni aniqlab, shartnomalar tuzilishini taʼminlash va 15-martigacha talab etiladigan kredit mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsinlar.
6. Tuman tijorat banklari rahbarlariga qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan kredit mablagʻlarini belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim B. SADULLAYEV
Samarqand t.,
2013-yil 25-dekabr,
1524-q-son
