2014-yilda mahalliy soliq toʻlovchilarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash va ularga imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash toʻgʻrisida (1504-q-son)
30.12.2013
Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2014-yilda mahalliy soliqlar toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish ularga soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni qoʻllash ishlarini toʻliq va sifatli oʻtkazish, fuqarolar egaligidagi yakka tartibda uy-joy qurish, dehqon xoʻjaligini yuritish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan va ijaraga berilgan yer maydonlari hamda bino-inshootlari va soliqqa tortiladigan boshqa obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq olinishini taʼminlash uchun Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Gʻ. Abdurahmonov) zimmasiga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi soliq toʻlovchilarni hisobga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash;
barcha mahallalarda mahalliy soliqlar va yigʻimlarning ahamiyati, ayrim toifadagi xoʻjaliklarga beriladigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishining ahamiyati haqida keng tushuntirish ishlari olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
4. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash uchun:
tuman Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati unitar korxonasi (J. Xamidov) 2014-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga* muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman bosh arxitektori (Z. Allabayev) 2014-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga* muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi v. b (I. Soriyev) 2014-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga* muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (U. Dovurov) 2014-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga* muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (R. Sattarov), Veterinariya boʻlimi (B. Raximov) 7-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Gaztaʼminot” idorasi (J. Avazov) 8-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Elektrtarmoqlari” idorasi (B. Oʻtanov) 9-ilovaga* muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Ichki ishlar boʻlimi (A. Xayitov), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (I. Toshpoʻlatov) bilan birgalikda 10-ilovaga* muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 30-dekabrga qadar taqdim etsinlar.
5. Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi 5-ilovaga* muvofiq tuman hududida 2013-yilda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman Davlat notarial idorasi notariuslari esa 6-ilovaga* muvofiq 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
6. Hududlarda qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga uchastka davlat soliq inspektori va tuman Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan hududlarga soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
* Ilovalar berilmaydi.
7. Tuman “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi (Oʻ. Doʻliyev), qishloq, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga, “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish” davri tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka davlat soliq inspektorlari bilan hamkorlikda 2014-yil uchun mahalliy soliq toʻlovchilarni toʻliq hisobga olishni amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari U. Mamatov zimmasiga yuklansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim X. BURIYEV
Jomboy t.,
2013-yil 30-dekabr,
1504-q-son
