Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyoda xavfsizlik muammolari va hamkorlik boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida (220-son)
13.06.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini tashkil etish toʻgʻrisida ilgari surilgan tashabbusini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha BMTning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha BMTning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom hamda unga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*3-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan haqiqiy xarajatlar boʻyicha Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha BMTning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi seminarining taʼsis sessiyasini tashkil etish va oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” konserni Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha BMTning doimiy ishlovchi seminari taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Hukumat komissiyasi buyurtmanomalari boʻyicha axborot bosma mahsulotlari tayyorlanishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 13-iyun,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-iyundagi 220-son qaroriga 1-ILOVA
BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik muammolari boʻyicha doimiy ishlovchi seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi
TARKIBI
A.X. Kamilov—tashqi ishlar vaziri, komissiya raisiKomissiya aʼzolari:D.A. Abdullayev—Fanlar akademiyasi Prezidenti v.b.N.Z. Abdullayev—“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosariM.Sh. Abdullayev—TIV Xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosariB. Abdurahimov—madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosariF.I. Baratov—“Mahalliy sanoat” korporatsiyasi raisining oʻrinbosariK.N. Burxonov—ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi raisining oʻrinbosariM.X. Dadaxoʻjayev—Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat komissiyasi kotibiyati katta ekspertiSh. Jalilov—Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariM.Q. Joʻrayev—Tadbirkorlar uyushmasi raisi, BMTning koʻmaklashish milliy assotsiatsiyasi aʼzosiR.R. Inoyatov—MXX raisining birinchi oʻrinbosariA.N. Ikramov—YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy qoʻmita masʼul kotibiA.B. Karimova—TIV Siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, komissiya kotibiI.M. Klebleev—Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi kotibiA. Mavlonov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi maslahatchisiU. Nabiyev—“Oʻzbeksavdo” uyushmasi raisining oʻrinbosariV.I. Norov—tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosariM.X. Rahmanqulov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktoriT.G. Raximov—aloqa vazirining birinchi oʻrinbosariA.G. Ruzmetov—“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktorining birinchi oʻrinbosariR.T. Sultonov—sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosariA.V. Surganov—mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosariA.K. Umarov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Xoʻjalik ishlari boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosariSh.Z. Oʻrazayev—Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliT.B. Usmonov—FTDQ raisining birinchi oʻrinbosariJ.A. Toshxoʻjayev—“Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosariM.M. Xayrullayev—OʻzR FA Sharqshunoslik instituti direktoriR.N. Hakimov—Davlat matbuot qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariZ.A. Hakimov—“Oʻzteleradio” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosariG'.A. Hidoyatov—tashqi ishlar vaziri maslahatchisiYu.Sh. Shadimetov—“Ekosan” jamgʻarmasi prezidentiA.E. Shayxov—tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosariP. Shermuhamedov—Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari boʻyicha xalqaro jamoatchilik qoʻmitasi raisiSh. Shorahmedov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni maslahatchisi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-iyundagi 220-son qaroriga 2-ILOVA
BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) idoralararo tashkilot hisoblanadi.
2. Komissiya oʻz ishini BMTning ustav qoidalari, xalqaro huquq normalari asosida, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlarga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
II. Komissiyaning vazifalari
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
BMTning Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi seminariga (keyingi oʻrinlarda BMT seminari deb ataladi) tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalarida vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalqaro tashkilotlar, seminar qatnashchilari boʻlgan davlatlarning hukumat organlari bilan doimiy aloqada boʻlish, BMT seminari taʼsis sessiyasining ishi masalalari boʻyicha Kotibiyatni va BMTning tegishli organlarini, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlarni xabardor qilish;
seminarda ishtirok etuvchi davlatlar hukumatlari vakillari bilan BMT seminari ishining tashkiliy masalalari, tartibi va mazmunini kelishish;
BMT seminari taʼsis sessiyasi ishining tezkor va yakuniy rejalarini ishlab chiqish, ularni BMT organlari, BMT seminarida ishtirok etuvchi davlatlar vakillari bilan kelishish;
seminar taʼsis sessiyasini axborot va texnik jihatdan taʼminlash;
BMT seminarining ishtirokchilari tarkibi, ish tartibi va mazmuni boʻyicha takliflarni tayyorlash va BMT Kotibiyatiga, BMTning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritish;
BMT seminarining doimiy qoʻmitalarini shakllantirish va ularning tarkibi, ularning ish tartibi va BMT seminarining moliyaviy jamgʻarmasini taʼsis etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mintaqada yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish uchun doimiy qoʻmitalar ishiga Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari jamoalarini, ayrim olimlari va mutaxassislarini jalb etish.
III. Komissiya huquqlari
4. Komissiya oʻz vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagilarga haqlidir:
vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar va boshqa davlat tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalarni qabul qilish;
oʻz faoliyatiga oid masalalar boʻyicha takliflar, xulosalar, tavsiyalar va materiallarni tayyorlash uchun zarur hollarda vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi (ekspert) guruhlarni tuzish;
Komissiya vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar va boshqa davlat tashkilotlaridan soʻrash va olish;
vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi (ekspert) guruhlarning maʼruzalarini eshitish va Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
BMT seminarining taʼsis sessiyasini oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish;
Komissiyaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
IV. Komissiya tarkibi, tuzilmasi va uning ishini tashkil etish
5. Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlarining vakillari, shuningdek, taniqli jamoat arboblari kiritiladi.
6. Komissiya Raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi, aʼzolari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
7. Tayyorgarlik davrida Komissiya majlislari har oyda oʻtkaziladi, zarur boʻlganda tezkor majlislar chaqiriladi.
8. BMT seminarining taʼsis sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish vaqtida Komissiya ishida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar xodimlardan iborat ishchi guruh tuziladi.
9. Ishchi guruh TIV (Tashqi ishlar vazirligi) binosida joylashadi.
10. Komissiya majlislari oraligʻidagi davrda barcha tashkiliy ishlarni yuqorida qayd etilgan guruh amalga oshiradi.
