Tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish hamda ichki isteʼmol bozorini toʻldirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1471-q-son)
12.12.2013
Samarqand viloyati Samarqand tumani hokimining
Qarori
Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, alohida eʼtibor qaratilayotganligi sababli mahsulot ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshishiga erishilmoqda.
2014-yilda meva-sabzavot, poliz, uzum, kartoshka mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga ichki isteʼmol bozorlarini yanada arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi 01-03-15-37-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlari ijrosini hamda bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 6-dekabrdagi 261-Q-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi 01-03-15-37-sonli yigʻilish bayoni hamda bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 6-dekabrdagi 261-Q-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2014-yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish hamda ichki isteʼmol bozorini uzluksiz taʼminlashni tashkil etish boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
ishchi guruhning 2014-yilda tumanda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qayta ishlash, saqlash va isteʼmol bozorini uzluksiz taʼminlash boʻyicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar Dasturi 2-ilovaga*;
ishchi guruhi belgilangan vazifalarni joylarda bajarilishini oʻrganish uchun hududlarga chiqish grafigi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Ishchi guruhiga:
tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari bajarilishi, qayta ishlash, eksport qilish, mahsulotlarning yarmarkalarga va Toshkent shahar bozorlariga yetkazib berilishini tizimli tashkil qilish;
tumanda 2014-yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlari bilan ichki bozorni toʻldirish, sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan hal etib borish;
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va tayyorlovchi korxonalar oʻrtasida 2014-yilning 10-fevraligacha shartnomalar tuzilishini taʼminlash;
tuman tijorat banklari tomonidan, qayta ishlash, tayyorlovchi hamda eksportyor korxonalar tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga joriy yilning 1-martiga qadar sotib olinadigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizi miqdorida boʻnak mablagʻlari berilishini taʼminlash;
tuzilgan shartnomalarni bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatilishini tashkil etish vazifalari topshirilsin.
4. Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi va hudud rahbarlarining “2014-yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari” toʻgʻrisidagi takliflari 4-ilovaga* muvofiq, joriy yilda meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga, eksportga, yarmarkalarga va Toshkent shahri aholisiga, sogʻliqni saqlash, taʼlim muassasalariga, ichki bozor va isteʼmol uchun taqsimlangan hajmlari toʻgʻrisidagi takliflari 4.1-4.5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
5. Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi (I. Komilov) tumanda ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2014-yilda ushbu mahsulotlarni qayta ishlaydigan zamonaviy chet el texnologiyalarini hamda investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim B. SADULLAYEV
Samarqand t.,
2013-yil 12-dekabr,
1471-q-son
