Oʻzbekiston SSJ nohiyalarida tabiiy ofat oqibatlarini tugatishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (167-son)
21.06.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Qoraqalpogʻiston MSSJga, jumhuriyatning Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va boshqa nohiyalarida 1991-yil may oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida qattiq jala, sel yoqqanligi, dovul natijasida aholiga va umuman xalq xoʻjaligiga katta moddiy zarar yetdi. Katta maydonlardagi gʻoʻzalar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va uzumzorlar zararlandi. Bir qancha shaharlar, qishloq axoli punktlari, kolxoz va sovxozlarda uy-joylar shikastlandi. Xoʻjalik qurilishlari, ijtimoiy-maishiy yoʻnalishdagi obyektlar va boshqa koʻpgina inshootlar vayron boʻldi va zararlandi.
Oʻzbekiston SSJ nohiyalaridagi tabiiy ofat oqibatlarini tezroq tugatishda kolxozlarga, sovxozlarga, korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, aholiga yordam koʻrsatish uchun SSJI Vazirlar Mahkamasi 1991-yilning 31-maydagi 317-son qarori bilan jumhuriyatimizga 1991-yilda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ajratdi:
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi obyektlarni qayta tiklash va (vayron boʻlganlari oʻrniga) yangilarini qurish maqsadida 380 mln soʻm, shu jumladan, qurilish-montaj ishlariga 290 mln soʻm kapital mablagʻlar;
tabiiy ofatdan zarar koʻrgan obyektlarda tuzatish-qayta tiklash ishlarini olib borish uchun 80 mln soʻm;
tabiiy ofatdan zarar koʻrgan aholiga maqsadli pul nafaqalari toʻlashga 51 mln soʻm;
imoratlar zararlanganligi va vayron boʻlganligi uchun aholiga sugʻurta toʻlovi berishga 100 mln soʻm.
Mazkur qaror bilan:
kolxoz va sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini qayta ekishga qiladigan xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston davlat sugʻurta organlariga jumhuriyatlararo sugʻurta ehtiyot fondi hisobidan “Oʻzgosstrax” organlariga qaytarib berilmaydigan 100 mln soʻm ajratish koʻzda tutilgan;
SSJI Davlat sugʻurta Boshqaruviga uning tasarrufidagi qaytariladigan ssudalar boʻyicha jumhuriyatlararo sugʻurta ehtiyot fondi hisobiga Oʻzbekiston Davlat sugʻurta Boshqaruvining 110 mln soʻm miqdoridagi qarzidan kechishga ruxsat etildi;
SSJI Davlat bankiga Oʻzbekiston SSJ Hukumatining jumhuriyat dehqonchilik-sanoat banki orqali imtiyozli shartlarda qishloq xoʻjaligi korxonalariga uzoq muddatli kreditlar berish toʻgʻrisidagi iltimosini koʻrib chiqish tavsiya etildi;
tabiiy ofat oqibatlarini tugatish borasidagi ishlarni bajarish uchun 1991-yilda qoʻshimcha ravishda moddiy-texnika resurslari va oziq-ovqat mollari, binokorlik materiallari va tabiiy ofatdan zarar koʻrgan viloyatlarning aholisiga sotish uchun qoʻshimcha ravishda xalq isteʼmoli mollari ajratildi.
Zarar koʻrgan aholiga va xoʻjaliklarga shikastlangan turar joylarni, ijtimoiy sohadagi obyektlarni tuzatish va qayta tiklash, tabiiy ofatdan zarar koʻrgan korxonalar, tashkilotlar, xoʻjaliklarning ishlashi uchun maqbul sharoitlar yaratish borasida dastlabki yordam koʻrsatish ishlarini avj oldirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitalari, shuningdek, korxonalari va xoʻjaliklari tabiiy ofat zonalariga tushib qolgan vazirliklar va idoralar oʻn kun muddat ichida OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Davlat banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki va Oʻzbekiston Davlat sugʻurta Boshqaruvi bilan birgalikda tabiiy ofat natijasida koʻrilgan zarar hajmini aniqlashni nihoyasiga yetkazsinlar.
2. Qorakalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashiga, viloyat ijroiya qoʻmitalariga, Oʻzbekiston SSJ vazirliklari va idoralariga 1991-yilda kapital mablagʻ ajratishga qoʻshimcha ravishda 360 mln soʻm, shu jumladan, qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi obyektlarni qayta tiklash va (vayron boʻlganlari oʻrniga) yangilarini qurish uchun 290 mln soʻm va tabiiy ofatdan zarar koʻrgan obyektlarda tuzatish-qayta tiklash ishlarini olib borish uchun 1 va 2-ilovalarga muvofiq 80 mln soʻm ajratilsin.
3. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Qurilish vazirligi, OʻzSSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi, OʻzSSJ Avtomobil yoʻllari vazirligi, OʻzSSJ Aloqa vazirligi, OʻzSSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, “Oʻzagrostroy”, “Oʻzkolxozstroy” 1991-yilgi moliya mablagʻlari, moddiy-texnika resurslari va pudrat ishlari hajmlarining hamma manbalari boʻyicha limitlar doirasida, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari bilan kelishilgan holda, tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan obyektlarda uy-joylar va ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar qurilishini qoʻshgan holda, qayta tiklash ishlarini bajarsinlar.
4. Vazirliklar va idoralar tabiiy ofat oqibatlarini tugatish boʻyicha qurilish va tuzatish-qayta tiklash ishlari hajmlarini 1991-yil uchun ajratilgan pudrat ishlari va moddiy-texnika resurslarining umumiy limitlari doirasida bajarsinlar.
5. Qurilish va tuzatish-qayta tiklash ishlarini haqiqatda bajarilgan hajmlar uchun amalda boʻlgan yagona narxlar boʻyicha moliyaviy taʼminlashga ruxsat etilsin.
6. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashiga, viloyat ijroiya qoʻmitalariga, Oʻzbekiston SSJ vazirliklari va idoralariga 1991-yil uchun tabiiy ofatdan jabrlangan aholining buyurtmasi boʻyicha uy-joylarda tuzatish-tiklash ishlarini oʻtkazishga va uy-joy qurishga moddiy-texnika resurslari, shuningdek, 1991-yil hosili uchun mineral oʻgʻitlar 3—5-ilovalarga muvofiq ajratilsin.
7. OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzselxozsnabremont” tabiiy ofat yuz bergan joylardagi obyektlarni qurish va tiklash uchun birkitilgan nomenklatura boʻyicha moddiy-texnika resurslarini mavjud boʻlgan yillik fondlar doirasida muddatidan oldin yetkazib berishni taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston davlat kimyo konserni, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzselxozximiya”, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan korxonalarning direktorlari shu yilning 10-iyuligacha 1991-yil hosili uchun mineral oʻgʻitlarni jumhuriyat kolxozlar va sovxozlariga toʻla hajmlarda yetkazib berishni taʼminlasinlar. Oʻzbekiston davlat kimyo konserni korxonalari boshqa isteʼmolchilarga mineral oʻgʻitlarni toʻliq yetkazib bermaganlik uchun jarima sanksiyalaridan ozod qilinsin.
Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi 1991-yilning iyun va iyul oylarida Oʻzbekiston davlat kimyo konsernining korxonalariga oʻgʻitlarni tashish uchun, yuk mavjud boʻlishiga qarab, vagonlar ajratsin va ularni koʻrsatilgan davrda vagonlarni qayta joʻnatganlik uchun jarima sanksiyalari toʻlashdan ozod qilsin.
9. OʻzSSJ Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuv tabiiy ofatdan zarar koʻrgan nohiyalarning aholisiga sotish uchun Koraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalarining ixtiyoriga oziq-ovqat tovarlarini, qurilish materiallarini va xalq isteʼmoli mollarini 6-7-ilovalarga muvofiq qoʻshimcha ravishda ajratsinlar.
10. OʻzSSJ Moliya vazirligi Oʻzbekiston SSJ Prezidentiniig tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish boʻyicha choralar toʻgʻrisidagi Farmonida belgilanganidek, taqdim qilingan hisob-kitoblar va amalda har bir oilaga toʻlangan 300 soʻm hisobidan Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashiga va viloyat ijroiya qoʻmitalariga maqsadli pul nafaqalari ajratsin, zarar koʻrganlarga koʻrsatilgan pul mablagʻlarini maqsadli ajratishni 5-iyulgacha tugallasin.
11. Oʻzbekiston SSJ Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi koʻp bolali oilalar aʼzolariga, nogironlarga, pensionerlarga, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va tabiiy ofatdan zarar koʻrgan boshqa kishilarga moddiy yordam koʻrsatish va ularni sogʻlomlashtirish uchun 15 mln soʻm ajratganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
12. OʻzSSJ Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Davlat sugʻurta Boshqaruvi 10 kun muddat ichida:
shikastlangan va buzilgan imoratlar uchun aholiga sugʻurta toʻlovlarini belgilangan tartibda toʻlasinlar. Belgilab qoʻyilsinki, buziladigan imoratlar boʻyicha koʻrilgan zarar texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlarining hujjatli xulosasi boʻyicha toʻla miqdorda qoplanadi;
ijarachilarga, oilaviy pudrat boʻyicha ishlovchilarga, kolxozlarga, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini qayta ekkanlik va siyrak joylariga ekkanlik uchun, shuningdek, dehqonchilik-sanoat kompleksi tegishli boʻlinmalarining maʼlumotlari boʻyicha boshqa tiklash tadbirlarini oʻtkazishga sarflangan haqiqatdagi xarajatlarni toʻlasinlar, 1991-yil hosili boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini yakuniy hisob-kitob qilishda bu toʻlovlar hisobga olinmasin.
13. 1991-yilda tabiiy ofatdan zarar koʻrgan kolxozlar, sovxozlar va dehqonchilik-sanoat kompleksining qayta ishlash korxonalari Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalarining qarorlari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻliq yetkazib bermaganlik uchun jarima sanksiyalari toʻlashdan ozod qilinsin.
14. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari shu yilning iyulidan boshlab har oyda davlat statistika organlariga kapital mablagʻlar va qurilish-montaj ishlarini moliyaviy taʼminlashga qoʻshimcha ravishda ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirishning hamda obyektlarni ishga tushirishning borishi toʻgʻrisida belgilangan shaklda axborot taqdim qilsinlar.
OʻzSSJ Davlat statistika qoʻmitasi qoʻshimcha ravishda ajratilgan kapital mablagʻlarni oʻzlashtirish hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni ishga tushirish boʻyicha oylik hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 21-iyun,
167-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston SSJ viloyatlarida tabiiy ofat zararlarini bartaraf etish, tiklash va yangi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurish boʻyicha qoʻshimcha markazlashtirilgan davlat kapital mablagʻlari (KM) va qurilish-montaj ishlari (QMI) limitlari taqsimoti
Surat KM 1991-yilgi narxlarda (mln soʻm) maxraj QMI Jumhuriyat boʻyicha jami Shu jumladan, buyurtmachilar boʻyicha QQ MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroqoʻmlari OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi* OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi OʻzSSJ Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi (Oʻzbekgaz) OʻzSSJ Aloqa vazirligi VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi OʻzSSJ boʻyicha jami 360 290 76,8 63,8 99,7 79,7 101,4 80,2 29,4 23,2 2,9 2,2 1,6 1,2 3 2,5 shu jumladan: Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi 72,9 61,4 40 35 24 19,2 8 6,5 — — — — 0,4 0,3 0,5 0,4 viloyatlar: Andijon 8,7 6,4 3,2 2,1 5 4 — — — — 0,5 0,3 — — — — Buxoro 25 20 0,4 0,3 12 9,6 8,4 6,8 3,4 2,7 0,4 0,3 0,3 0,2 0,1 0,1 Jizzax 25 20 2,5 2 5,5 4,1 6,5 5,5 9,1 7,2 — — — — 1,4 1,2 Qashqadaryo 36,2 29,3 6,4 5 11,5 9,7 5,2 4 11,4 9,2 0,4 0,3 0,5 0,4 0,8 0,7 Namangan 38,1 30,6 6,1 5 14,8 11,8 16,4 13,2 — — 0,8 0,6 — — — — Samarqand 22 16,4 6,9 5,6 4 3 11,1 7,8 — — — — — — — — Surxondaryo 13 10,6 1,3 0,9 5,2 4,4 6,5 5,3 — — — — — — — — Sirdaryo 17 13,3 1,5 1,2 2,5 2 7,5 6 5,5 4,1 — — — — — — Toshkent 12 9,4 1,5 1,2 — — 10,5 8,2 — — — — — — — — Fargʻona 12 8,8 0,2 0,1 3 2,2 8,8 6,5 — — — — — — — — Xorazm 31,1 25,2 5 4 12,2 9,7 12,5 10,4 — — 0,8 0,7 0,4 0,3 0,2 0,1 Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi 1,8 1,4 1,8 1,4 — — — — — — — — — — — — OʻzSSJ Davlat qurilishi qoʻmitasi 2 1,6 OʻzSSJ maxalliy sanoat vazirligi 3,2 2,6 — — — — — — — — — — — — — — Gʻisht zavodlari, qurilish industriyasi obyektlari, avtomobil yullarini qurish va suv quvurlarini barpo etish uchun 40 33 — — — — — — — — — — — — — —
* OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar “Oʻzplodoovoshchvinprom”, “Oʻzriba” va “Oʻzpishcheprom” konsernlari obyektlarining zarar koʻrganligini hisobga olgan holda belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tabiiy ofatdan shikastlangan obyektlarda tuzatish-tiklash ishlarni bajarish uchun ajratilgan qoʻshimcha mablagʻ hajmlari
1991-yilgi narxlarda (mln soʻm) Jumhuriyat boʻyicha jami Shu jumladan, buyurtmachilar boʻyicha QQ MSSJ Vazirlar Kengashi va viloyat ijroqoʻmlari OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi OʻzSSJ Energetika va elektrlash vazirligi OʻzSSJ Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ boʻyicha jami 80 8 22 32 3 6 3 shu jumladan: Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi 9,2 1,3 4,9 1,5 — 0,5 1 viloyatlar: Andijon 2,4 0,5 — 1,5 — 0,4 — Buxoro 5,8 0,5 1,3 2,7 — 1,3 — Jizzax 6,7 0,3 — 2,7 3 0,7 — Qashqadaryo 8,4 0,8 2,5 3,2 — 1,4 0,5 Namangan 10,5 0,8 4,2 4,6 — 0,4 0,5 Samarqand 7,6 0,8 1,6 4,1 — 0,6 0,5 Surxondaryo 3,9 0,5 — 2,7 — 0,7 — Sirdaryo 2,3 0,5 — 1,8 — — — Toshkent 2,3 0,5 — 1,8 — — — Fargʻona 3,2 0,5 — 2,7 — — — Xorazm 11,7 1 7,5 2,7 — — 0,5 va hokazolar 6 — — — — — —
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-son qaroriga 3-ILOVA
Tabiiy ofatlar zararlarini bartaraf etish boʻyicha tuzatish-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun 1991-yilda ajratilayotgan moddiy-texnika resurslari
VEDOMOSTI
Oʻlchov birligi Viloyat ijroiya qoʻmitalari QQ MSSJ Vazirlar Kengashi Buxoro Jizzax Namangan Samarqand Xorazm Qashqadaryo Fargʻona Sirdaryo Surxondaryo Toshkent Qora metallar prokati tonna 400 200 230 250 300 220 300 200 100 100 200 Sortli, shu jumladan, podshipniklar tayyorlashda ishlatiladigan, sovuq holda ishlov berilgan poʻlat tonna — — 100 — 100 — — — — — — Katta hajmdagi payvand yordamida tayyorlangan quvurlar ” 1000 — — — — 500 — — — — — Suv, gaz quvurlari ” 5 10 9 15 10 10 5 5 3 3 5 Choksiz va elektrpayvand yordamida tayyorlangan neft quvurlari ” 10 — 10 — 7 — — — — — — Yumalatib yasalgan quvurlar ” 4 2 1 1 5 4 — — — — — Sement ” 1000 600 600 400 400 400 800 200 200 200 200 Binokorlikka yaroqli yogʻoch kub.m 1700 600 650 1200 1000 500 800 200 300 200 200 Arralangan binokorlik yogʻochlari kub.m 300 100 200 300 200 200 200 100 100 100 100 Yogʻoch qipigʻidan tayyorlangan plitalar shartli kub.m 6 5 — 5 8 3 — 2 3 2 2 Yelimlangan fanera kub.m 15 8 3 11 15 5 1 1 1 1 1 Yogʻoch toladan tayyorlangan plitalar ming shartli kv.m 4 1 1 1 3 1 1 1 1 1 1
Oʻlchov birligi OʻzSSJ Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ Binokorlik materiallari sanoat vazirligi OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi** OʻzSSJ Qurilish vazirligi OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi OʻzSSJ Energetika va Elektrlashtirish vazirligi OʻzSSJ avtomobil yullari vazirligi OʻzSSJ Aloqa vazirligi OʻzSSJ avtomobil transporti vazirligi OʻzSSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi “Oʻzagroqurilish” “Oʻzkolxozqurilish” VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi “Oʻzselxozsnabremont” “Oʻzmaishiymarkaz” OʻzSSJ Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi Boshqa isteʼmolchilar Sovuq holda ishlov berib taxtalangan poʻlat tonna — 600 — — — — — — — — 200 — — — — — 200 Issiq holda ishlov berib taxtalangan poʻlat tonna — — — 300 300 300 400 — — 200 300 300 — — — 400 — Sortli, shu jumladan, podshipniklar tayyorlashda ishlatiladigan, sovuq holda ishlov berilgan poʻlat ” 100 — 100 — — 100 — — — — — — — — — — — Relslar ” — 200 — 200 — — — — — — 100 100 — — — — 400 Payvandlangan katta diametrli quvurlar ” — — — — — 400 100 — — — — — — — — — — Suv, gaz quvurlari ” 75 — 75 — — — — — — — — — — — 90 50 — Choksiz va elektr payvandli neft quvurlari ” 200 — — 190 — — — — — — — — — — — — — Neft sortamenti narezkali quvurlari ” 300 — 200 300 500 100 — — — 400 200 200 — — — — — Sement tonna 2000 — 7500 — 5000 1600 1000 500 — 2000 800 800 300 — 7000 1500 — Binokorlikka yaroqli yogʻoch kub.m 5000 400 4500 — — 300 500 500 — — — — 300 — 4500 1000 1000 Arralangan binokorlik yogʻochlari kub.m 700 — 1000 40 — — — — — — — — — — 600 300 — Yogʻoch qipigʻidan tayyorlangan plitalar shartli kub.m 300 — 200 73 — — — — — — — — — — 200 — — Yogʻoch toladan tayyorlangan plitalar (qattiq) ming shartli kv.m 50 — 100 50 30 — — — — — — — 10 — 100 — 44 Yelimlangan fanera kub.m 20 — 80 40 — — — — — — 40 — — — 80 40 — Zavodda tayyorlangan yogʻoch uylar umumiy. maydonining kv.m — — — — — 500 — — — — 2000 1500 — — — — — Plastifikatorlar tonna — 100 — — — — — — — — — — — — — — 200 Polivinilxloridli saqich va vinilxlorid sopolimerlari tonna — — — — — 500 — — — — — — — — — — — 100 foizli kalsiyli soda tonna — 2600 — — — — — — — — — — — — — — 400 100 foizli kaustiksoda tonna — — — — — — — — — — — — — 2000 — — — Dizel yonilgʻisi ming tonna — — — — 10 — — — 20 — 7 — — 20 — — — Tortuvchi klassli gusenitsali traktorlardagi buldozerlar: 3 ta 1 — 1 1 — 1 1 1 — — 1 — 1 — — 1 — 10 ta — 1 — — — — — — — — — — — — — — — Yuk avtomobillari: — KamAZ-5511 ta — 1 3 — 4 — — — — — — — — — — 2 — Yukni oʻzi toʻkadigan MAZ avtomobillari ta 2 1 1 — 4 — — — — — — — — — — 2 — ZIL-4314 ” 1 1 1 — 2 — — — — — — — — — — — — MMZ ” 2 — 1 — 2 — — — — 4 — — — — — 1 — GAZ ” — — 1 — — — — — — 4 — — — — — — — GAZ-66 ” — 1 1 — — — — — — — — — — 6 — 2 — GAZ avtomobili shassidagi avtorefrijeratorlar ” — — 3 — 2 — — — — — — — — — — — — Avtobuslar: PAZ ” 1 1 1 — — 1 — — — — — — — — — — — Chopiqtraktorlari: ” T-25 ” 5 — — — — — — — — — — — — 35 — — — T-16MG ” 5 — — — — — — — — — — — — 45 — — — T-40 ta — — — — — — — — — — — — — 8 — 2 — Bir kovshli ekskavatorlar, kovshining sigʻimi: 0,275 kub.m ” 2 — — — — — — — — — — 1 — — — — — 0,5-65 kub.m ” — 1 — — — — — — — — — — — — — — — 1,25 kub.m ” — — — — — 1 — — — — — — — — — — —
** aholining buyurtmalari boʻyicha uy-joylarni tuzatish va qurish uchun
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 4-ILOVA
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish uchun “Oʻzselxozsnabremont” ajratadigan moddiy-texnika resurslari
VEDOMOSTI
Oʻlchov birligi Qoraqalpogʻiston MSSJ Buxoro viloyati Jizzax viloyati Namangan viloyati Samarqand viloyati Xorazm viloyati qoʻshimcha muddatidan oldin yetkazib berish qoʻshimcha muddatidan oldin yetkazib berish qoʻshimcha muddatidan oldin yetkazib berish qoʻshimcha muddatidan oldin yetkazib berish qoʻshimcha muddatidan oldin yetkazib berish qoʻshimcha Muddatidan oldin yetkazib berish Gʻildirakli traktorlar ta — 52 — 40 — 46 — 40 — 50 — — Dizel yonilgʻisi tonna 15000 — — — 1000 — — — — — 5000 10000 Avtobenzin tonna — — — — — — — — — — 200 — “Andijanets” nasosi ta — 40 — — — — — — — — — — Kultivatorning ishchi organlari ” 6000 — 5000 — 4000 — 4000 — 2000 — 2000 — Akkumulyatorlar ” 136 — — — — — — 120 — — — — Podshipniklar ” — 7000 — — — — — 6200 — — — — Yonilgʻi nasoslari ” — 170 — 367 — — — — — 390 — 149 Payvandlash asbob-uskunalari ” — 3 — — — — — — — — — 2 Kultivatorlar ” — — — 20 — — — — — 70 — 26 Gʻoʻza kultivatorlari ” — — — — 130 — — — — — — —
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 5-ILOVA
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish uchun kolxoz va sovxozlarga 1991-yil hosili uchun qoʻshimcha ajratiladigan mineral oʻgʻitlar
VEDOMOSTI
(100 foiz oziqli modda hisobida ming tonna) Azotli Fosforli Qoraqalpogʻiston MSSJ 6,8 3,6 viloyatlar: Andijon 1,0 0,5 Buxoro 1,0 0,5 Jizzax 2,0 1,0 Qashqadaryo 1,0 0,5 Namangan 3,0 1,8 Samarqand 4,2 3,0 . Surxondaryo 2,0 1,0 Sirdaryo 2,0 1,0 Fargʻona 1,0 0,5 Xorazm 4,4 3,0 Oʻzbekiston SSJ boʻyicha jami 28,4 16,4
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tabiiy ofatdan zarar koʻrgan aholiga sotish uchun Oʻzbekbirlashuv tizimi boʻyicha qoʻshimcha ravishda ajratiladigan binokorlik materiallarining
ROʻYXATI
Yoroch, taxta, ming kub. m Sement, ming tonna Shifer, mingta shartli plita Suv, gaz quvurlari, tonna Binokorlik mixlari, tonna Metallprokati, tonna Lak-boʻyoq mahsuloti, tonna Binokorlik oynalari, ming kv. m Qoraqalpogʻiston MSSJ 10 5 200 100 60 100 30 20 viloyatlar: Buxoro 10 5 200 100 60 150 60 20 Jizzax 8 4 200 100 60 100 30 20 Namangan 10 6 200 100 120 250 200 20 Samarqand 12 6 200 100 60 200 60 20 Xorazm 10 4 200 100 60 100 30 20 Kashqadaryo 5 4 150 100 60 100 30 20 Jami 65 31 1350 700 480 1000 440 140
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-iyundagi 167-sonli qaroriga 7-ILOVA
Tabiiy ofatdan zarar koʻrgan nohiyalar aholisiga sotish uchun 1991-yilda qoʻshimcha ravishda ajratiladigan oziq-ovqat mollari, binokorlik materiallari va xalq isteʼmoli mollari
VEDOMOSTI
Qand-shakar,tonna Bolalar ovqati,tonna Moyli boʻyoq,tonna Sement, tonna Qora metallar prokati,tonna Tikuvchilik buyumlari,ming soʻm Trikotaj buyumlar,ming soʻm Paypoq, ming soʻm Poyabzal,ming soʻm Qoraqalpogʻiston MSSJ 500 80 12 980 35 2000 1000 200 1500 viloyatlar: Buxoro 500 30 3,7 350 11 800 400 80 500 Jizzax 400 30 0,6 140 2 300 150 30 150 Kashqadaryo 500 20 0,9 490 6 500 250 50 350 Namangan 600 100 13 1050 35 2500 1250 250 1600 Samarqand 1000 100 8 700 22 1500 750 150 1100 Surxondaryo 500 30 0,15 120 2 200 100 20 150 Sirdaryo 500 30 0,15 120 2 200 100 20 150 Xorazm 500 80 11,5 1050 33 2000 1000 200 1500
Ip-gazlama, ming soʻm Rezinka kalishlar, ming juft Kir sovun, tonna Sintetik yuvish vositalari, tonna Roʻzgʻorbop kimyo mollari, tonna Gilamlar, ming soʻm Televizor, ta Xolodilnik, ta Qoraqalpogʻiston MSSJ 300 100 600 480 170 200 430 860 viloyatlar: Buxoro 100 40 185 150 60 70 140 280 Jizzax 30 20 30 40 20 40 60 120 Kashqadaryo 100 40 245 200 30 60 70 140 Namangan 350 150 650 500 200 200 450 900 Samarqand 220 60 400 300 100 150 300 600 Surxondaryo 40 20 10 40 20 40 60 120 Sirdaryo 30 20 10 40 20 40 60 120 Xorazm 330 100 570 450 180 200 430 860
