Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida (135-son)
17.05.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshqaruvni takomillashtirish va yengil sanoat birlashmalari va korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni tashkil etilsin hamda uning tarkibiga ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin.
“Oʻzbektoʻqimachi” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning oʻzining va jumhuriyatning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar.
2. Belgilansinki, “Oʻzbektoʻqimachi” konserni:
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqaradigan “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma aʼzolari oldida ularga nisbatan oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yigʻma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, uning huquqiy maqomini belgilovchi “Oʻzbekiston SSJda korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga va boshqa qonunchilik hamda normativ aktlarga, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Uyushma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi asoslarida faoliyat koʻrsatadi;
unga Oʻzbekiston yengil sanoati uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
3. Konsernga taʼsischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
isteʼmol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasidan, mahsulotning sifati va texnika darajasidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijarachi va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va koʻpaytirish hamda aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
korxonalar bilan birgalikda moliyaviy mablagʻlardan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror ravishda zararsiz ishlashni taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
birlashmalar bilan korxonalar oʻrtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishlarni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga koʻmaklashish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
tarmoqda ijtimoiy sohaning rivojlanishi bilan bogʻliq masalalarning kompleks hal etilishini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
tegishli davlat va boshqa organlarda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish.
4. Xoʻjalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklatura boʻyicha mahsulot yetkazib berish shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy koʻrsatkichlari deb hisoblansin.
“Oʻzbektoʻqimachi” konserni oʻz tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, oʻz mehnat jamoalari va bozor konyunkturasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda:
tarmoqning isteʼmolchilari, savdo tashkilotlarining buyurtmalariga koʻra tegishli mahsulot va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda mahsulot yetkazib berish uchun shartnomalar tuzadilar;
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, Oʻzbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil hal etadilar;
konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq foydadan ular tomonidan bajariladigan funksiyalarga, shuningdek, markazlashtirilgan rezerv (ehtiyot) jamgʻarmasi tashkil etishga mablagʻ ajratadilar.
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yigʻilishi (konferensiyasi) “Oʻzbektoʻqimachi” konserni boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va unda konsern Kengashi saylanadi.
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, boshqaruv aʼzolari kiradi. Kengash boshqaruvni, uning raisi va oʻrinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi konsern Kengashining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
“Oʻzbektoʻqimachi” konserniga, unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishib, oʻzining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi va “Oʻzbektoʻqimachi” konserni bir oy muddatda korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan yordam koʻrsatsinlar.
7. OʻzSSJ Iktisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, “Oʻzglavlegsnabsbit” Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasiga “Oʻzbektoʻqimachi” konserni uchun uning nomenklaturasi boʻyicha taqsimlanadigan konsern korxonalirining rivojlanishi va ishlab turishi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
8. Tashkil etilayotgan “Oʻzbektoʻqimachi” konsernining apparati Paradlar hiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
9. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbektoʻqimachi” konserni birlashmalari va korxonalariga koʻmaklashsinlar va ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-may,
135-son
Vazirlar Maxkamasining 1991-yil 17-maydagi 135-sonli qaroriga ILOVA
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
