Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (21-son)
31.01.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari tahririyat tomonidan belgilangan umumiy tiraj hisobidan yuboriladi.
3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi:
davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyxatini tahririyat va matbaa korxonalariga yetkazsin hamda muassasa va tashkilotlarga davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuborilishini nazoratga olsin;
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-yanvar,
21-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-yanvardagi 21-son qaroriga ILOVA
Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning
roʻyxati
T/r Muassasa va tashkilotlar nomi Mavzusi Nashr turlari Nusxalar soni 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta 38 Jurnal 8 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta, jurnal 5 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta 2 4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili kotibiyati Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta 1 5. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Huquqiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Barcha mavzudagi nashrlar Nashrlarning barcha turlari 1 8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Barcha mavzudagi nashrlar Nashrlarning barcha turlari 3 9. “Oʻzarxiv” agentligi Barcha mavzudagi nashrlar Nashrlarning barcha turlari 1 10. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Huquqiy (inson huquqlari boʻyicha) nashrlar Gazeta, jurnal 1 11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal, axborotnoma 1 12. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi Barcha mavzudagi nashrlar Nashrlarning barcha turlari 1 13. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Barcha mavzudagi nashrlar Gazeta, jurnal 1 15. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Maxsus tibbiy, tarbiyaviy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 16. Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 18. Oʻzbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasi Iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten 2 19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 21. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 2 22. Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 1 23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huz�ridagi Toshkent Islom universiteti Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tabiiy nashrlar Gazeta, jurnal 2 24. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 2 25. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi Barcha mavzudagi nashrlar Nashrlarning barcha turlari 2 26. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar Gazeta, jurnal 1
Izohlar:
Ushbu roʻyxat asosida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlar (barcha mavzudagi nashrlar yuboriladigan tashkilotlardan tashqari) bilan birgalikda ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib majburiy nusxalari yuboriladigan davriy bosma nashrlarning har bir muassasa va tashkilot boʻyicha roʻyxatlarini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi.
Majburiy nusxalari yuboriladigan davriy bosma nashrlarning har bir muassasa va tashkilot boʻyicha roʻyxatlari tahririyat va matbaa korxonalariga Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan yetkaziladi.
Roʻyxatga olingan yangi davriy bosma nashrlar davriy bosma nashrlarning roʻyxatiga kiritilguniga qadar mazkur roʻyxatga asosan taalluqliligi boʻyicha toʻliq yuboriladi.
