Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (1077-son)
09.09.2013
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 353-sonli qarori hamda Nizomga asosan qaror qilaman:
1. 2014-yilda tumandagi korxona va tashkilotlar, fermer xoʻjaliklariga ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish, vaqtincha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun ish oʻrinlari tashkil qilish 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi
2. Belgilab qoʻyilsinki, tuman hududida barcha xoʻjalik korxonalari rahbarlari, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 2014-yilda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi taklifiga asosan shartnomalar asosida ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish vazifasi topshirilsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (R. Otakulov)ga Nizomda belgilangan tartibda ishsizlik maqomiga ega boʻlgan fuqarolarni tumandagi korxona va fermer xoʻjaliklarida tashkil etilgan jamoat ishlariga jalb qilish va amalga oshirilgan ishlar uchun belgilangan miqdorda “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan haq toʻlash:
mazkur qarorni bir hafta muddat ichida tegishli korxona va tashkilotlar, fermer xoʻjaliklariga yetkazish;
har oyda mazkur qaror ijrosi boʻyicha tumanda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga hisobot berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etishda qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish, paxta yigʻim-terimi jarayonlari eʼtiborga olinsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hokim X. ChINIBEKOV
Xovos sh.,
2013-yil 9-sentabr,
1077-son
