Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtirish toʻgʻrisida (502-son)
31.08.2013
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining
Qarori
Shahar hududidagi ish bilan band boʻlmagan “ishsiz” maqomi berilgan fuqarolarni ishga joylashtirish borasida vujudga kelgan ogʻir vaziyatdan chiqish hamda shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazining takliflariga koʻra tashkilot va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini yaʼni, hamma uchun qulay, maxsus kasb-hunar tayyorgarligi talab qilmaydigan, vaqtinchalik ish joylarini barpo etish maqsadida qaror qiladi:
1. Shahar korxona, tashkilot va muassasalar (ilovadagi* roʻyxat boʻyicha) rahbarlariga, shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan birgalikda shartnomalar asosida 2013-yilga haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
2. Shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi (E. Botirov)ga tashkil etiladigan jamoat ishlari uchun 50 foiz ish haqini bandlik jamgʻarmasi hisobidan va qolgan 50 foizni korxona, tashkilot va muassasalar hisobidan toʻlanishini taʼminlash va nazoratga olish topshirilsin.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi bilan birgalikda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkillashtirishni Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan amalga oshirsin. (Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining roʻyxati ilova* qilinadi).
*Ilova berilmaydi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
5. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim v. v. b. B. ASOMOV
Yangiyer sh.,
2013-yil 31-avgust,
502-son
