1998-yil hosili uchun kuzgi don ekinlarini ekishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻz vaqtida oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (432-son)
10.09.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1998-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, xoʻjaliklarning don yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 1998-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish maydonlari hamda olinadigan yalpi don hosili toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi shu yilning 15-sentabrigacha:
boshoqli don ekinlari uchun tabiiy sharoitda dala va massivlar ajratishni amalga oshirsinlar, bunda ular, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish va navbatlab oʻstirishning xoʻjaliklarda qabul qilingan sxemalarini hisobga olgan holda, unumdor va suv bilan yaxshi taʼminlangan yerlarda joylashtirilishi kerakligini nazarda tutsinlar. Zarurat boʻlganda ekin maydonlarining qaror topgan tuzilmasi qayta koʻrib chiqilsin hamda paxta va don ekinlari maydonlari tuman va xoʻjaliklar boʻyicha qayta taqsimlansin;
yerlarni sifatli tayyorlashga, haydashga, tekislashga va dalalarni begona oʻtlardan tozalashga, sugʻorish va ariq-zovur shoxobchalarini ishlaydigan holatga keltirishga alohida eʼtibor bersinlar;
urugʻliklarni tozalash, sarxillash, dorilashni, ularning unuvchanligini tekshirishni tugallasinlar. Urugʻliklarni dorilash va sarxillash don qabul qilish punktlarida markazlashtirilgan holda oʻtkazilsin. Tekshirib koʻrilmagan va dorilanmagan urugʻliklarni ekish qatʼiy taqiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlarining 1998-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishga talab qilinadigan miqdordagi urugʻliklar 2-ilovaga muvofiq hajmda tayyorlab qoʻyilganligi xususidagi axboroti qabul qilinsin.
3. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining quyidagilar toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
boshoqli don ekinlarini ekishni boshlash va tugallashning 3-ilovaga muvofiq maqbul muddatlari hamda sugʻoriladigan yerlarda har gektarga kamida 250 kg, lalmi yerlarda 120 kg toʻla qimmatli urugʻlik sarflash normalari toʻgʻrisidagi, Andijon viloyatida tajriba tariqasida yangi navlar uchun har gektarga 220 — 230 kg urugʻlik sarflash tavsiya qilinadi;
1998-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini 4-ilovaga muvofiq navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisidagi;
xoʻjaliklarni, har yili urugʻlik yetishtirgan holda, lalmi mintaqa uchun boshoqli don urugʻligi yetishtirishga 5-ilovaga muvofiq ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi.
4. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Otayev) respublika xoʻjaliklariga boshoqli don ekinlari urugʻligi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq shu yil 15-sentabrgacha yetkazib berilishini tutallasin. Urugʻlik faqat dorilangan va qoplangan holda berilsin. 1998-yilda birinchi reproduksiyali urugʻlik yetishtirish uchun Andijon viloyati xoʻjaliklari uchun import boʻyicha 2 ming tonna eng sara urugʻlik olib kelish masalalari ishlab chiqilsin.
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, xoʻjaliklar rahbarlari agrotexnika va don yetishtirish texnologiyasi talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlasinlar, bunda eng avvalo:
fosforli va kaliyli oʻgʻitlarning 80 foizini ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda solish;
ekishdan keyin boshoqli don ekinlari noyabr oyining birinchi oʻn kunligidan kechikmay unib chiqishini taʼminlagan holda sugʻorish zarurligini nazarda tutsinlar. Sugʻorish shu yil 1-noyabrgacha tugallansin.
6. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi dalalarni tayyorlash sifatini tekshirish, urugʻlik sarfi, ularni dorilash normalariga rioya qilish boʻyicha komissiyalar tashkil etsinlar. Qilingan ishlar toʻgʻrisida shu yil 20-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov):
shu yil 1-oktabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha ekishdan oldin va ekish bilan bir vaqtda foydalanish uchun 6-ilovaga muvofiq fosforli va kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berilishini taʼminlasin;
234 ming tonna miqdordagi azotli oʻgʻitlar 1998-yil 1-aprelgacha yetkazib berilishini taʼminlasin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda har gektarga kamida (100 foiz foydali modda hisobida) 100 m fosfor va 50 kg kaliy majburiy tartibda solinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
8. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda shu yil 1-noyabrgacha 1998-yil hosilidan don xarid qilish yuzasidan kontraqtatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasin. Barqaror don hosili oluvchi xoʻjaliklar bilan fyuchers kontraktlari tuzishni nazarda tutsin.
9. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi ekish mavsumi davrida xoʻjaliklarni mineral oʻgʻitlar, gerbitsidlar, haydov traktorlari va ularga ehtiyot qismlar, neft mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlarini bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 10-sentabr,
432-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 1-ILOVA
1998-yilgi boshoqli don ekinlari maydoni va yalpi don hosili
ming ga Ekin maydoni — ming ga Q/x korxonalaridagi yalpi don hosili, ming tonna Bundan tashqari, aholi xoʻjaliklaridagi yalpi hosil Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Shu jumladan: Bundan tashqari, aholi xoʻjaliklarida (sugʻoriladigan yerda) sugʻoriladigan yerlarda lalmi yerlarda hammasi shu jumladan, bugʻdoy Qoraqalpogʻiston Respublikasi 28.0 28.0 4.0 89.6 89.6 12 viloyatlar: Andijon 70.0 70.0 5.0 364 364 21 Buxoro 60.0 60.0 10.0 198 175 30 Jizzax 201.0 101.0 100.0 10.0 367.8 345 30 Qashqadaryo 244.0 152.0 92.0 15.0 503.6 452 45 Navoiy 37.0 35.0 2.0 3.0 113.4 102 9 Namangan 70.0 70.0 7.0 329 312 28 Samarqand 167.0 93.0 74.0 15.0 403.1 380 45 Surxondaryo 111.0 96.0 15.0 10.0 376.1 357 30 Sirdaryo 99.0 89.0 10.0 4.0 301.7 280 12 Toshkent 115.0 98.0 17.0 4.0 391.1 371 13 Fargʻona 92.0 92.0 11.0 404.8 385 44 Xorazm 16.0 16.0 2.0 52.8 52.8 6 JAMI: 1310.0 1000.0 310.0 100.0 3895 3665.4 325
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xoʻjaliklarning 1998-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻliklari bilan taʼminlanganligi
ming tonna Ekin maydoni, ming ga Talab qilinadigan urugʻ Amalda tayyorlandi Talabga nisbatan +, - Hammasi shu jumladan: Hammasi shu jumladan: Hammasi shu jumladan: Hammasi shu jumladan: sugʻoriladigan yerda lalmi yerda sugʻoriladigan yerlar uchun lalmi yerlar uchun sugʻoriladigan yerlar uchun ulardan: lalmi yerlar uchun sugʻoriladigan yerlarda lalmi yerlarda oʻzlari gʻamlagan urugʻ Andijon viloyatidan xarid qilish VM qaroriga koʻra zaxira Qoraqalpogʻiston Respublikasi 28 28 7 7 8.1 8.1 1.1 7 1.1 1.1 0 viloyatlar: Andijon 70 70 17.5 17.5 19.2 19.2 19.2 1.7 1.7 0 Buxoro 60 60 15 15 15.2 15.2 4.2 11 0.2 0.2 0 Jizzax 201 101 100 37.3 25.3 12 37.3 25.3 25.3 12 0 0 0 Qashqadaryo 244 152 92 49 38 11 49 38 5 30 3 11 0 0 0 Navoiy 37 35 2 9 8.8 0.2 10.7 10.5 1.7 8.8 0.2 1.7 1.7 0 Namangan 70 70 17.5 17.5 17.5 17.5 4.5 10 3 0 0 0 Samarqand 167 93 74 32.2 23.3 8.9 32.2 23.3 7.5 15.8 8.9 0 0 0 Surxondaryo 111 96 15 25.8 24 1.8 25.8 24 4 20 1.8 0 0 0 Sirdaryo 99 89 10 23.5 22.3 1.2 23.6 22.4 0.2 22.2 1.2 0.1 0.1 0 Toshkent 115 98 17 26.5 24.5 2 26.5 24.5 0.6 20.5 3.4 2 0 0 0 Fargʻona 92 92 23 23 23 23 5 15 3 0 0 0 Xorazm 16 16 4 4 7.4 7.4 5.4 2 3.4 3.4 0 Jami 1310 1000 310 287.3 250.2 37.1 295.5 258.4 58.4 187.6 12.4 37.1 8.2 8.2 0
Urugʻ ekish normasi:
sugʻoriladigan yerlarda — gektariga 250 kg;
lalmi yerlarda — gektariga 120 kg.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 3-ILOVA
1998-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekish
MUDDATLARI
ming ga Barcha toifadagi yerlarda Shu jumladan, sugʻoriladigan yerlarda Lalmi yerlarda ekish maydoni ekish muddatlari ekish maydoni ekish muddatlari ekish maydoni ekish muddatlari boshlanishi tugallanishi boshlanishi tugallanishi boshlanishi tugallanishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 28 1 sen. 25 sen. 28 1 sen. 25 sen. viloyatlar: Andijon 70 15 sen. 15 okt. 70 15 sen. 15 okt. Buxoro 60 20 sen. 20 okt. 60 20 sen. 20 okt. Jizzax 201 1 sen. 10 noyab. 101 1 sen. 1 okt. 100 10 okt. 10 noyab. Qashqadaryo 244 20 sen. 10 noyab. 152 20 sen. 30 okt. 92 10 okt. 10 noyab. Navoiy 37 10 sen. 20 okt. 35 10 sen. 10 okt. 2 10 okt. 20 okt. Namangan 70 10 sen. 10 okt. 70 10 sen. 10 okt. Samarqand 167 10 sen. 10 noyab. 93 10 sen. 10 okt. 74 10 okt. 10 noyab. Surxondaryo 111 1 okt. 10 noyab. 96 1 okt. 30 okt. 15 10 okt. 10 noyab. Sirdaryo 99 1 sen. 1 noyab. 89 1 sen. 1 okt. 10 1 okt. 1 noyab. Toshkent 115 15 sen. 1 noyab. 98 15 sen. 15 okt. 17 10 okt. 1 noyab. Fargʻona 92 1 sen. 1 okt. 92 1 sen. 1 okt. Xorazm 16 1 sen. 1 okt. 16 1 sen. 1 okt. JAMI 1310 1 sen. 10 noyab. 1000 1 sen. 30 okt. 310 10 okt. 10 noyab.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 4-ILOVA
1998-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini naviga qarab namunaviy joylashtirish
(ming ga.) Sugʻoriladigan yerlardagi ekin maydonlari, hammasi Ulardan navlari boʻyicha: Lalmi yerlardagi ekin maydonlar, hammasi Ulardan navlari boʻyicha: Skifyanka Yuna Sanzar 8 Yonbosh Intensivniy Sanzar 4 Boshqa yangilari Surxak 5688 Krasnovodopad 210 Intensivniy Tezpishar Boshqa yangilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 28 28 viloyatlar: Andijon 70 59.6 10.4 Buxoro 60 58.7 1.3 Jizzax 101 101 100 94 2 4 Qashqadaryo 152 120 5.6 19.2 2 5.2 92 6.2 51.5 13.8 20.5 Navoiy 35 20 7.1 7.9 2 2 Namangan 70 68.1 1.9 Samarqand 93 65.2 6.5 0.4 7.9 13 74 0.7 9 63.8 0.5 Surxondaryo 96 88 4 4 15 3.8 7 4.2 Sirdaryo 89 89 10 10 Toshkent 98 98 17 17 Fargʻona 92 66.6 1.8 21 1.3 1.3 Xorazm 16 4.2 7.4 1.9 2.5 JAMI 1000 806.8 82.2 51.3 3.6 10.4 9.9 35.8 310 104.7 77.5 84.8 13.8 29.2
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 5-ILOVA
Lalmi navli boshoqli don ekinlari urugʻlari yetishtiruvchi va sotuvchi urugʻchilik xoʻjaliklari
ROʻYXATI
(ming tonna) Tuman, xoʻjalik nomi Urugʻlarni sotish topshirigʻi, hammasi Bugʻdoy navlari boʻyicha: Arpa navlari boʻyicha: Surxak 5688 Krasnovodopad 210 Grekum 40 Sanzar 8 Unumli arpa Nutans 9 Jizzax viloyati Baxmal A. Usanov nomidagi 1500 1000 500 “Sanzar” 1250 1000 250 Gʻallaorol “Gʻallaorol” firmasi 6000 4500 1500 “Oltin boshoq” 2000 1500 500 “Koʻkbuloq” 2000 2000 Zomin “Zomin” 2000 1500 500 Forish “Oʻrolov nomidagi” 3000 3000 Jami: 17750 14500 3250 Qashqadaryo viloyati Qamashi “Gʻallakor” 6000 2200 1300 1500 500 500 Gʻuzor “Pachkamar” 1000 1000 Chiroqchi “Koʻkdala” 3000 2500 “Chiyal” 3000 2000 500 500 Yakkabogʻ “Xisor” 2500 1500 1000 Jami: 15500 1500 8700 1800 1500 1500 500 Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon “Jom” 2000 2000 “Kattaqoʻrgʻon” 2000 2000 “Ulus” 2000 2000 Qoʻshrabod “Xalqobod” 3000 3000 Jami: 9000 3000 6000 Respublika boʻyicha jami 42250 19000 14700 1800 1500 4750 500
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-sentabrdagi 432-sonli qaroriga 6-ILOVA
1998-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligiga don ekinlari uchun mineral oʻgʻitlar yetkazib berish hajmlari
ming tonna (100 % f.m. hisobida) Azotli Fosforli* Kaliyli* Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5.6 2.5 1.3 viloyatlar: Andijon 17.5 9.0 7.0 Buxoro 12 5.0 3.2 Jizzax 24.2 11.0 5.5 Qashqadaryo 34.1 16.0 9.0 Navoiy 7.1 3.0 2.0 Namangan 15.4 7.0 5.0 Samarqand 21.6 9.5 5.0 Surxondaryo 21.7 9.5 6.0 Sirdaryo 18.2 8.5 4.5 Toshkent 20.5 8.5 4.5 Fargʻona 20.2 9.0 6.0 Xorazm 3.2 1.5 1.2 JAMI: 233.8 100.0 61.2
* 80 foiz 1997-yilning 1-oktabriga qadar yetkazib beriladi.
