Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarni isloh qilish toʻgʻrisida” 1991-yil 29-martdagi 74-son qarorini qisman oʻzgartish toʻgʻrisida (204-son)
03.08.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jumhuriyatga yetkazib berilayotgan etil spirtining qimmatlashganligi, elektr energiyasiga tariflarning va uzumning texnik navlari xarid narxlarining oshganligi, shuningdek, chakana narxlarning isloh qilinishiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Davlat narxlar qoʻmitasi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni va OʻzSSJ Savdo vazirligining talon boʻyicha sotish uchun va erkin sotish uchun araq, shuningdek, quruq va kuchaytirilgan uzum vinolari, oddiy konyaklar, shampan vinolari va vijillab turadigan vinolarga 1—5-ilovalarga muvofiq qayd etilgan narxlarni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Vino-araq mahsulotlarining yangi chakana narxlari 1991-yil 5-avgustdan joriy qilinsin.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-martdagi 74-son qarori 5-punktining birinchi xatboshidagi “shuningdek, araqning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. “Uzplodoovoshchvinprom” konserni OʻzSSJ Savdo vazirligi va Oʻzbekbirlashuv bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan markali vinolar assortimentini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda ularni tijorat narxlari boʻyicha sotish uchun savdo shoxobchalariga yetkazib berishni koʻpaytirish yuzasidan ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. “Uzplodoovoshchvinprom” konserniga ishlangan vino materiallarini jumhuriyatdan tashqariga shartnoma narxlarida, ularga xomashyo resurslari uchun olinadigan oborot soligʻini qoʻshgan holda, sotishga ruxsat etilsin.
4. OʻzSSJ Moliya vazirligi:
jumhuriyatdan tashqariga olib ketiladigan vino materiallari uchun olinadigan oborot soligʻi stavkalarini ishlab chiqsin va ularni yetkazib beruvchi korxonalarga yetkazsin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan yangi chakana narxlardan kelib chiqqan holda vino-araq mahsulotlarini sotishdan olinadigan oborot soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqsin;
“Uzplodoovoshchvinprom” konserni korxonalarining budjet bilan oʻzaro munosabatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston SSJ Davlat narxlar qoʻmitasi araq, vino va konyaklarning chakana narxlari, vinoning ulgurji narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin va ularni tegishli tashkilotlarga yetkazsin.
6. OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv va savdo shoxobchalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda vino-araq mahsulotlari qoldiqlarini qayta narxlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 3-avgust,
204-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 204-sonli qaroriga 1-ILOVA
Araqning chakana narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 204-sonli qaroriga 2-ILOVA
Spirtsiz xoʻraki uzum vinolarining chakana narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 204-sonli qaroriga 3-ILOVA
Spirtli uzum vinolarining chakana narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 204-sonli qaroriga 4-ILOVA
Oddiy konyaklarning chakana narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-avgustdagi 204-sonli qaroriga 5-ILOVA
Sovet shampan vinolari va vijillovchi vinolarning chakana narxlari
