Chet el diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun binolarni Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisida (157-son)
03.05.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida xorijiy diplomatik vakolatxonalar uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi 122-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar 1-ilovaga muvofiq binolarni ularda xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun hamda 2-ilovaga muvofiq binolardagi maydonlarning bir qismini shahar hokimligi bilan kelishilgan muddatlarda boʻshatsinlar va Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
2. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan muddatlarda:
respublika qurilish tashkilotlari kuchlari bilan boʻshayotgan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari 3-ilovaga muvofiq bajarilishini taʼminlasin;
xorijiy diplomatik vakolatxonalar uchun binolarni boʻshatayotgan muassasalar va tashkilotlarni 2-ilovada koʻrsatilgan binolardagi boʻshayotgan maydonlarga ijara shartlari asosida joylashtirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilayotgan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarmoq boʻlimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-may,
157-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-maydagi 157-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun maʼmuriy binolar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-maydagi 157-son qaroriga 2-ILOVA
Maydonlarining bir qismi tashkilotlarni joylashtirish uchun Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga beriladigan, binolari xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun beriladigan maʼmuriy binolar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-maydagi 157-son qaroriga 3-ILOVA
Chet el diplomatik vakolatxonalariga beriladigan maʼmuriy binolarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha pudrat tashkilotlari
ROʻYXATI
