1995-1996-yillar hosili uchun ekin maydonlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (597-son)
12.12.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaning don mustaqilligini taʼminlash, sugʻoriladigan yerlardan oqilona foydalanish va dehqonchilik tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining 1995-1996-yillar hosili uchun sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarini joylashtirish boʻyicha taklifi 1-ilovaga muvofiq, 1995-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirilishi hisobidan kelib chiqib, chigitni 1500 ming gektar maydonga ekishga oid taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
1996-yil hosili uchun kuzgi don ekinlarini ekishga 3-ilovaga muvofiq 1,8 mln gektar, shu jumladan kamida 1,3 mln gektar sugʻoriladigan yer ajratsinlar;
dehqon (fermer) xoʻjaliklariga va ijaradagi jamoalarga boshoqli don ekinlari maydonlarini kengaytirishlarida yordam bersinlar, faoliyatlari natijalariga koʻra ularni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilasinlar.
3. Sugʻoriladigan yerlardan yuqori samara bilan foydalanishni, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy va agronomik asoslangan almashlab ekishga yalpisiga oʻtishni, yangi navlar hamda intensiv texnologiyalarni joriy qilishni taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining birinchi navbatdagi vazifasi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va joylarga yuborsinlar.
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Gʻalla-bank” oʻgʻit, urugʻlik, yonilgʻi, texnika va boshqa resurslarni xarid qilishlari uchun xoʻjaliklarga kredit ajratish imkoniyatlarini izlab topsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda almashlab ekishni joriy qilish boʻyicha reja materiallarini va mavjud loyiha hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazsin, almashlab ekish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashtirib ekishning namunaviy modellarini ishlab chiqsin va ularni xoʻjaliklarga yetkazsin. Bu ishlanmalarning joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini muntazam amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-dekabr,
597-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-dekabrdagi 597-sonli qaroriga 1-ILOVA
1995-1996-yillar hosili uchun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish hisob-kitobi (aholi xoʻjaliklarisiz)
ming gektar 1995-yil 1996-yil Ekin maydoni 3330,3 3346,0 Don ekinlari — jami 1172 1520 ulardan: boshoqli don ekinlari 972* 1300* sholi 180,3 200 makkajoʻxori** 15 15 Boshqa boshoqli va dukkakli don ekinlari 4.7 5 Texnika ekinlari — jami 1520 1532 ulardan: paxta 1500 1500 kanop 2,5 2,5 tamaki 9,1 9,1 lavlagi, kunjut va boshqalar 8,4 20,4 Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka 103 104 Kartoshka 26 27 Sabzavot 56 56 Poliz ekinlari 17 17 Urugʻlik ekinlar 4 4 Ozuqa ekinlari — jami 635,3*** 290 ulardan: Beda 475,1 238
Eslatma: *) shu jumladan, aholi xoʻjaliklarida 100 ming gektar;
**) 1996-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7 ming gektar makkajoʻxori don uchun; 8 ming gektar urugʻlik uchun ekiladi.
***) ildizmevalilar — 20 ming gektar, silos ekinlari — 115 ming gektar, bir yillik oʻtlar — 25 ming gektar.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-dekabrdagi 597-sonli qaroriga 2-ILOVA
1995-yilda paxta xom ashyosi yetishtirish hisob-kitobi
Maydon, ming ga Yalpi hosil, ming tonna Qoraqalpogʻiston Respublikasi 145 310 viloyatlar: Andijon 110 310 Buxoro 106 350 Jizzax 134 310 Qashqadaryo 173 420 Navoiy 44 120 Namangan 95 280 Samarqand 97 250 Surxondaryo 120 380 Sirdaryo 141 325 Toshkent 108 280 Fargʻona 127 375 Xorazm 100 290 Jami: 1500 4000
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-dekabrdagi 597-sonli qaroriga 3-ILOVA
1996-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini jonlashtirish
ming gektar Hammasi boʻlib barcha toifadagi yerlarda Shu jumladan, sugʻoriladigan yerlarda shulardan aholi xoʻjaliklarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi 62 62 4 viloyatlar: Andijon 85 85 5 Buxoro 93 93 10 Jizzax 233 113 10 Qashqadaryo 375 192 15 Navoiy 53 43 3 Namangan 87 87 7 Samarqand 253 133 15 Surxondaryo 139 116 10 Sirdaryo 125 108 4 Toshkent 144 117 4 Fargʻona 113 113 11 Xorazm 38 38 2 JAMI: 1800 1300 100
