1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (628-son)
29.12.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada islohotlarni yanada avj oldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha 1995-yil topshirigʻining bajarilishini 1 va 2-ilovalarga muvofiq taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga zarurat boʻlganda koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatga tuzatish kiritishga ruxsat etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yilda davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha olingan dividendlar korxonalar va tashkilotlarga ularni rivojlantirish hamda texnik qayta jihozlash uchun yoʻnaltiriladi. Bu mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda ular Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Davlat mulki qoʻmitasi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini berish boʻyicha aksionerlik birlashmalari va jamiyatlari bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
3. Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston tadbirkor ittifoqi, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarma bilan birgalikda respublika aholisi oʻrtasida xususiy tadbirkorlikni ommaviy ravishda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni 3-ilovaga muvofiq amalga oshirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-dekabr,
628-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 628-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalarida korxonalarni xususiylashtirish va pul mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha 1995-yil
TOPShIRIGʻI
ming soʻm Mintaqalar nomi Hammasi Shu jumladan tarmoq dasturlari boʻyicha mahalliy dasturlari boʻyicha obyekt soni mablagʻ kelib tushishi obyekt soni mablagʻ kelib tushishi obyekt soni mablagʻ kelib tushishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 146 14714 115 14389 31 325 Andijon viloyati 108 28240 68 26090 40 2150 Buxoro viloyati 88 5801 47 4296 41 1505 Jizzax viloyati 95 9669 50 9005 45 664 Qashqadaryo viloyat� 127 7627 57 6940 70 687 Navoiy viloyati 111 11187 56 8625 55 2562 Namangan viloyati 139 21409 89 19297 50 2112 Samarqand viloyati 169 28631 104 24921 65 3710 Surxondaryo viloyati 117 7073 57 6248 60 825 Sirdaryo viloyati 116 11377 61 10307 55 1070 Toshkent viloyati 227 46304 122 44604 105 1700 Fargʻona viloyati 90 10854 67 10172 23 682 Xorazm viloyati 90 13252 40 11577 50 1675 Toshkent sh. 173 98893 113 96750 60 2143 Jami: 1796 315031 1046 293221 750 21810
Izoh: kelib tushadigan mablagʻlar summalari Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq oʻtkaziladigan asosiy vositalarni qayta hisoblashda toʻgʻrilanishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 628-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tarmoq komplekslarida korxonalarni xususiylashtirish va pul mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha 1995-yil
TOPShIRIGʻI*
T/r Nomi Obyektlar soni Mablagʻ kelib tushishi (ming soʻm) SANOAT 1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi 3 3042 2. “Oʻzbekmebel” DAB 3 204 3. “Oʻzolmosoltin” uyushmasi 1 120 4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi 23 12191 5. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi 22 25450 6. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi 31243 7. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi 5 2280 8. “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi 11 2231 9. “Koʻmir” AB 4 698 10. Davlat geologiya qoʻmitasi 4 1689 11. “Maxsusqotishma” RB 1 180 12. Energetika vazirligi 17 854 JAMI 94 80182 QURILISh, TRANSPORT VA ALOQA KOMPLEKSI 1. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi 48 9001 2.** “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi 16247 3.** “Toshkentqurilish” korporatsiyasi 8137 4. “Oʻzqurilishyogʻochsanoat” bosh boshqarmasi 2 39 5. “Oʻzqurilishmateriallari” konserni 1 21632 6. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 28 5000 7. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi 3 681 8. Aloqa vazirligi 1 3615 9. “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi 10 532 10. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi 3 116 JAMI 96 65000 DEHQONChILIK SANOATI KOMPLEKSI 1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi 54 19139 2. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 5 1876 3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” 120 69399 4. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi 74 25936 5. “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi 21 11806 6. “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi 168 11309 JAMI 442 139465 IJTIMOIY KOMPLEKS 1. Sogʻliqni saqlash vazirligi 312 438 2. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi 75 6156 3. “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi 26 1190 4. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi 1 790 JAMI 414 8574 HAMMASI 1046 293221
* Hokimliklarga boʻysunuvchi korxonalar va tashkilotlarsiz.
** Oldin xususiylashtirilgan obyektlardan mablagʻ kelib tushgan (muddati kechiktirilgan)
Izoh: kelib tushadigan mablagʻlar summalari Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq oʻtkaziladigan asosiy vositalarni qayta hisoblashda toʻgʻrilanishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 628-sonli qaroriga 3-ILOVA
1995-yilda xususiy va kichik korxonalarni tashkil etish
PROGNOZI
T/r Nomi Hammasi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5000 2. Andijon viloyati 5000 3. Buxoro viloyati 4000 4. Jizzax viloyati 3000 5. Qashqadaryo viloyati 4000 6. Navoiy viloyati 4000 7. Namangan viloyati 5000 8. Samarqand viloyati 5000 9. Surxondaryo viloyati 4000 10. Sirdaryo viloyati 3000 11. Toshkent viloyati 5000 12. Fargʻona viloyati 5000 13. Xorazm viloyati 4000 14. Toshkent sh. 5000 Jami 61 000
