Yangi alifboni tayyorlashga doir ishlarning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi axborot haqida (877-XII-son)
07.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasi raisi P. Qodirovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasiga va Vazirlar Mahkamasining davlat tilini joriy etish komissiyasiga:
a) “Oʻzbek tili” jamiyati va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti bilan hamkorlikda oʻzbek yozuvi istiqboliga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish, unga barcha viloyatlardan mutaxassislarni, Oʻzbekiston xalq deputatlarini, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar vakillarini jalb etish;
b) keng jamoatchilik fikr-mulohazalari oʻrganilib, hisobga olingandan soʻng oʻzbek yozuvini lotin alifbosi asosiga oʻtkazish haqidagi Qonun loyihasini Oliy Kengashning navbatdagi sessiyalaridan biriga kiritish;
v) lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosini qayta tiklash bilan birga boy maʼnaviy qadriyatlarimiz bitilgan arab alifbosini oʻrganish hamda undan foydalanish uchun zarur imkoniyatlar saqlab qolinishini nazarda tutish topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
877-XII-son
