Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqida (874-XII-son)
07.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi;
1. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasining raisi P. Q. Qodirovning Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlashga doir ishlar haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oliy Kengash Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasiga “Oʻzbekiston Qahramoni”, “Mustaqillik”, “Mardlik” ordenlari va “Shuhrat” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash hamda Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish vazifasi topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
874-XII-son
