Izmir shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga kirishi toʻgʻrisidagi hujjatni ratifikatsiya qilish haqida (830-XII-son)
06.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Izmir Shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1992-yil 28-noyabrda Islomobod shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga kirishi toʻgʻrisidagi hujjat ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
830-XII-son
