Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (829-XII-son)
06.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan 1992-yil 27-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
829-XII-son
