Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 29-maydagi 224-son qarorining ayrim bandlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (228-son)
30.08.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1991-yilning 10-martidan boshlab jumhuriyatning barcha hududida ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollarini norma boʻyicha sotish joriy qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR aholisiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari sotishni barqarorlashtirishga doir muvaqqat choralar haqida” 1990-yil 29-maydagi 224-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi va 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-avgust,
228-son
