Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini Jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 29-iyundagi 180-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida (202-son)
01.08.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 29-iyundagi 180-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi “va 1991-yil 20-iyuldagi 196-son qaroriga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 1-avgust,
202-son
