1995-yilda sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari yetishtirishni yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (400-son)
05.08.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshoqli don ekinlari yetishtirishni yanada koʻpaytirish va respublikaning oʻzimizda yetishtiriladigan donga boʻlgan ehtiyojini koʻproq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 1995-yil hosili uchun sugʻoriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini, 1-ilovaga muvofiq hajmda don yetishtirgan va xarid qilgan holda, ekishga oid takliflari qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni:
ekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish, paxta, ozuqa ekinlari va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish hisobiga sugʻoriladigan yerlardagi don ekinlari maydonini kengaytirsinlar;
1995-yil hosili uchun bugʻdoy va arpaning eng serhosil navlari urugʻini gʻamlashni 2-ilovaga muvofiq hajmlarda taʼminlasinlar;
aholining tomorqa yerlarida don ekishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq darajaga yetkazgan holda boshoqli don ekinlari maydonlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bugʻdoy va arpaning eng yaxshi rayonlashtirilgan navlarining elita va birinchi reproduksiya urugʻlarini yetishtirishni gʻallakor xoʻjaliklar va aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan hajmlarda yanada koʻpaytirishni nazarda tutsinlar.
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” xoʻjaliklarga ularning buyurtmanomalari boʻyicha uzluksiz texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, gʻalla kombaynlari, don tozalaydigan mashinalar va boshqa texnikalarni, ularni tuzatish uchun ehtiyot qismlarni sotishni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-avgust,
400-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 400-sonli qaroriga 1-ILOVA
1995-yil hosili uchun jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarda kuzgi boshoqli don yetishtirish va xarid qilish hajmlari boʻyicha
EKIN MAYDONLARI
Boshoqli don ekinlarining jami maydoni (ming ga) Ulardan sugʻoriladigan yerlarda (ming ga) Barcha toifadagi yerlarda don yetishtirish (ming tonna) Shu jumladan: Don xarid qilish (ming tonna) sugʻoriladigan yerlarda lalmikor yerlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 50 50 135 135 — 45 viloyatlar: Andijon 52 52 218 218 — 87 Buxoro 55 55 176 176 — 72 Jizzax 196 76 349 228 121 165 Qashqadaryo 336 153 618 433 185 275 Navoiy 35 25 86 78 8 30 Namangan 52 52 208 208 — 80 Samarqand 215 95 418 304 114 205 Surxondaryo 108 85 293 272 21 145 Sirdaryo 94 77 256 239 17 125 Toshkent 115 88 316 282 34 150 Fargʻona 62 62 217 217 — 86 Xorazm 30 30 90 90 — 35 Jami: 1400 900 3380 2880 500 1500
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 400-sonli qaroriga 2-ILOVA
1995-yil hosili uchun respublika jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa turdagi xoʻjaliklarining sugʻoriladigan yerlarida ekish uchun boshoqli don ekinlari urugʻlik fondini gʻamlash boʻyicha
TOPSHIRIQ
(ming tonna) Gʻamlanishi talab etiladigan urugʻlik Shu jumladan, ekinlar boʻyicha bugʻdoy arpa Qoraqalpogʻiston Respublikasi 9.9 8.7 1.2 viloyatlar: Andijon 9.4 8.3 1.1 Buxoro 9.9 8.9 1.0 Jizzax 14.4 12.1 2.3 Qashqadaryo 27.0 23.0 4.0 Navoiy 4.5 3.9 0.6 Namangan 9.4 8.2 1.2 Samarqand 17.0 14.0 3.0 Surxondaryo 15.3 13.3 2.0 Sirdaryo 13.5 11.6 1.9 Toshkent 15.3 13.3 2.0 Fargʻona 11.0 9.9 1.1 Xorazm 5.4 4.8 0.6 Jami: 162.0 140.0 22.0
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 400-sonli qaroriga 3-ILOVA
1995-yil hosili uchun respublika aholisining tomorqalarida kuzgi boshoqli don ekiladigan
EKIN MAYDONLARI
ming ga Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 viloyatlar: Andijon 5 Buxoro 10 Jizzax 10 Qashqadaryo 15 Navoiy 3 Namangan 7 Samarqand 15 Surxondaryo 10 Sirdaryo 4 Toshkent 4 Fargʻona 11 Xorazm 2 Jami: 100
