“243-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarning vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-365-son) · Sana: 20.01.2014 · Amalda
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar oʻzlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi aʼzolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir”;
3) 246-modda chiqarib tashlansin;
4) 2681-moddaning nomidagi, birinchi qismidagi, ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Monopoliyadan chiqarish”, “monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar tegishincha “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish”, “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 309-moddaning toʻrtinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 242-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlarida” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
