“1551-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-365-son) · Sana: 20.01.2014 · Amalda
Ushbu Kodeksning 155, 1552, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq maʼlum boʻlgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat toʻgʻrisida xabar qilmaslik, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
