Chorva mollari va sutning xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida (375-son)
20.07.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xoʻjaliklarning davlat buyurtmasi boʻyicha chorva mollari va sut sotish hajmlarini koʻpaytirishdan iqtisodiy manfaatdorliklarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-avgustdan boshlab chorva mollari va sutning cheklangan xarid narxlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorva mollari va sutning yangi xarid narxlari preyskurantlarini ishlab chiqsin va manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-iyundagi 278-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyul,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyuldagi 375-sonli qaroriga ILOVA
Chorva mollari va sut xarid narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
