Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlar saflaridan zaxiraga boʻshatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida (220-son)
20.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1 . Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1967 — 1975-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1994-yilning may-iyun oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
220-son
