Muhammad Raximxon — Feruz tavalludining 150 yilligini oʻtkazish haqida (148-son)
19.03.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutafakkir shoir va bastakor, atoqli davlat arbobi Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludiga 150 yil toʻlishi munosabati bilan hamda milliy qadriyatlarimizni avaylab asrash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilda Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligi respublikamizda keng nishonlansin hamda bu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddat ichida Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga:
Xiva shahridagi Muhammad Rahimxon — Feruz nomi bilan bogʻliq qadamjolarni taʼmirlash;
Muhammad Rahimxon — Feruz nomi bilan bogʻliq asarlarni respublika teatrlarida sahnalashtirishni tashkil etish topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda ijodiy uyushmalar bilan birgalikda 1994-yilning sentyabr oyida:
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida ilmiy-adabiy anjuman va Oʻzbekiston sanʼat ustalarining Feruz gʻazallari va kuylari bilan ijro etiluvchi konsertni;
Xiva shahrida Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy konferensiyani;
Muhammad Rahimxon — Feruz asarlari kulliyotini nashrga tayyorlash va uni homiylar bilan hamkorlikda chop etishni tashkil etish topshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Feruz ijodiyotidan namunalarni, uning hayoti va ijodini targʻib etuvchi asarlarni nashr etishga kirishsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga Feruz ijodi va hayoti haqida videofilm yaratish, yuksak maʼrifiy koʻrsatuvlar dasturini tayyorlash topshirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xiva shahridagi Muhammad Rahimxon — Feruz qadamjolarini yubileyga qadar taʼmirlash, qurish va obodonlashtirish ishlari uchun tegishli vazirliklar taqdim etgan smetalar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq umumiy sarf-xarajatlarning 50 foizi (yarmi) ni respublika budjetidan qoplasin.
Ushbu sarf-xarajatlarning 50 foizi (yarmi) Xorazm viloyati budjetidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Respublika ommaviy axborot vositalari Muhammad Rahimxon — Feruz hayoti va ijodini hamda tavalludining 150 yilligiga tayyorgarlikning borishini keng yoritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-mart,
148-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-martdagi 148-sonli qaroriga 1-ILOVA
Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-martdagi 148-sonli qaroriga 2-ILOVA
Muhammad Rahimxon — Feruz tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi tarixiy obidalarni taʼmirlash va konservatsiyalash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishning sarf-xarajatlarni respublika budjeti va Xorazm viloyati budjetidan mablagʻ bilan taʼminlashning
SMETASI
T/r Muhammad Rahimxon Feruz davriga oid yodgorliklar Taʼmir ishlarini bajaruvchi bosh pudratchi Bajarish muddati Mablagʻi 1. Muhammad Rahimxon Soniy madrasasi Xorazm taʼmirlash ustaxonasi 1994-yil avgust 228 mln sum 2. Said Mahrumjon ansambli va Muhammad Rahimxon maqb�rasi -"- 1994-yil iyul 10 mln sum 3. Tozabogʻ meʼmoriy ansamblini taʼmirlash va obodonlashtirish -"- 1994-yil avgust 202 mln sum Jami: 440 mln sum Izoh: Respublika budjetidan: Xorazm viloyati budjetidan: 220 mln sum 220 mln sum
