Dam olish kunini 1994-yil 5-mart shanbadan 7-mart dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida (112-son)
03.03.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida dam olish kuni 1994-yil 5-mart shanbadan 7-mart dushanba kuniga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-mart,
112-son
