7-modda. Ekologik nazorat obyektlari
Ekologik nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-363-son) · Sana: 27.12.2013 · Amalda
Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat:
yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi;
atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar;
atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
